fbpx
Vetnamcha usulda pishirilgan go’sht

Vetnamcha usulda pishirilgan go’sht

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Vetnamcha usulda tayyorlaniladigan bugungi taomimizdan tayyorlab ko’ring, juda tez tayyorlaniladigan, ta’mi ham sizga juda yoqadi.

Bir xil taomlar tayyorlash joningizga tegkan vaqtda albatta bu taom sizga yordamga keladi!

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 47 000 so’m pul sarflaniladi.*

*taom narxi manba chop etilgan vaqtgagina mal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilo mol go'shti lahm
200 gramm piyoz
2 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 osh qoshiq pomidor pastasi
10 dona qalampirmunchoq
3 ta lavr yaprog'i
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 osh qoshiq asal
3 osh qoshiq un
Qadam 1
Tugallandi

Chuqurroq tovaga yog'ni solib qizdiramiz, yarim halqa to'g'ralgan, yarim halqa to'g'ralgan piyozni solib, qovurib olamiz. So'ng go'shtni solib qovuramiz. Biroz qizartirib qovuramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bunda go'shtni ham oldindan o'rtacha kattalikda to'g'rab olib, so'ng piyoz bilan birga qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz va pomidor pastasini solib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Shu bosqichda unni solib, tezda aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Go'shtni ustidan qaynagan suv solamiz, bunda suv go'shtan 5 sm yuqoriroq bo'lsin.

Qadam 6
Tugallandi

Ziravorlarni solamiz: qalampirmunchoq, paprika, lavr yaprog'i, tuz va murch.

Qaynashni boshlaganda olovni pasaytirib, 60 daqiqa dimlab olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Asal solib, 15-20 daqiqa dimlaymiz.

Suvining hammasi bug'lanib ketmasligi kerak, shuning uchun vaziyatga qarab qopqog'ini yopib qo'yishingiz ham mumkin.

Taomdan ajralgan suvini qayla sifatida qaynatilgan guruch ustidan soling. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 120 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilo mol go'shti lahm
200 gramm piyoz
2 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 osh qoshiq pomidor pastasi
10 dona qalampirmunchoq
3 ta lavr yaprog'i
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 osh qoshiq asal
3 osh qoshiq un
oldingi
Gaz pechida pishirilgan mazali no’xat
keyingi
Tvorog va lavashdan naychalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.