fbpx
Venacha pechenye (venacha sable)

Venacha pechenye (venacha sable)

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shirinlikni xush ko’ruvchi, ammo uzoq vaqt davomida pishirishni yoqtirmaydiganlarga mana bunday tez tayyorlaniluvchi retsept juda manzur keladi.

Venacha sable – avstriya oshxonasining klassik pechenyelaridan biri siz va yaqinlaringizga yoqishi shubhasiz!

Pechenyelar juda yupqa, qarsildoq bo’lishiga qaramay, og’izda erib ketadi.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 27 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar upasi
240 gramm un
16 gramm makkajo'xori kraxmali
3 osh qoshiq sut
bir chimdim vanilin
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Un bilan kraxmalni birlashtirib, elab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni kremsimon ko'rinishga kirguniga qadar ko'pirtirib olamiz. Oz-ozdan shakar upasi, vanilin va tuz sepib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng un va sutni solib, o'rtacha tezlikda ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni pishiriq qopchasiga quyib, pergament qog'oz ustidan terib chiqaramiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. To'liq sovigandan so'ng ustini eritilgan shokolad bilan bezatib chiqamiz. Xohishga qarab, ustini hech narsa bilan bezatmasak bo'ladi.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar upasi
240 gramm un
16 gramm makkajo'xori kraxmali
3 osh qoshiq sut
bir chimdim vanilin
bir chimdim tuz
oldingi
Oddiy bulg’or qalampirli do’lmalar
keyingi
Videoretsept: qaymoqli muzqaymoq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.