Uyda tayyorlanilgan lecho
Masalliqlar:
-
2 kilo pomidor
-
20 dona qizil bulg'or qalampiri
-
6 ta qora murch donachalari
-
5 ta gvazdika
-
3-4 choy qoshiq tuz
-
3 osh qoshiq shakar
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
3 osh qoshiq 9% li sirka
Yo’nalishlar
Lecho – yorqin ko’rinishga ega, yozda pishadigan barcha mazali sabzavotlarni o’zida mujassam etgan yegulik hisoblanadi.
Lechoni issiq non bilan yeyish, ovqatlarga qo’shimcha gazak sifatida tortish mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan sarflaniladigan pul – 20 000 so’m.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 kilo pomidor | |
20 dona qizil bulg'or qalampiri | |
6 ta qora murch donachalari | |
5 ta gvazdika | |
3-4 choy qoshiq tuz | |
3 osh qoshiq shakar | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
3 osh qoshiq 9% li sirka |
Pomidorlarni yuvib, dumchasidan tozalaymiz, blender idishiga to'g'rab solamiz va pyure holatiga kirguniga qadar maydalab olamiz.
Qozonga solib, qaynash darajasiga keltiramiz.
So'ng 15-20 daqiqa qaynatib olamiz.
20 daqiqa qaynaganidan so'ng tuz, murch, gvazdika va shakar kabi ziravorlarni solamiz.
Bulg'or qalampirlarini teng ikkiga bo'lamiz. Urug'chalari va dumchalaridan tozalab olamiz.
Tozalagan bulg'or qalampirlarini 1,5x1,5 sm kattalikda to'g'rab olamiz.
Siz xohishga qarab yirikroq yoki maydaroq to'g'rashingiz ham mumkin.
Bulg'or qalampirlarini qaynayotgan pomidor sharbatiga solamiz, ustidan yog'ni solamiz va qaynash darajasiga keltiramiz.
Qaynash boshlagandan so'ng, taxminan 20 daqiqacha qaynatamiz. E'tiborli bo'ling, bulg'or qalampirlari ezilib ketmasligi kerak.
Qaynash oxirrog'ida sirkani solib aralashtirib olmiz, so'ng sterillanga bankalarga solib, ag'darib qo'yamiz va ustini sociq yoki ko'rpacha bilan yopamiz. Sovigandan so'ng esa olib, iliq joyga qo'yamiz.
Bu masalliqlardan taxminan 2,5-3 litr tayyor lecho hosil bo'ladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 kilo pomidor | |
20 dona qizil bulg'or qalampiri | |
6 ta qora murch donachalari | |
5 ta gvazdika | |
3-4 choy qoshiq tuz | |
3 osh qoshiq shakar | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
3 osh qoshiq 9% li sirka |