Uy sharoitida tayyorlaniladigan Filodelfiya pishlog’i
Masalliqlar:
-
350 gramm smetana
-
280 gramm yogurt
-
0,5-1 choy qoshiq limon sharbati
-
1 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Filodelfiya bu pishloqning aynan bir turi bo’lsa kerak, deb o’ylaydi ko’pchilik. Lekin aslida unday emas. Filodelfiya deb ishlab chiqaruvchi korxona nomiga aytiladi.
Bunday pishloqlarni boshqa tadbirkorlar ham ishlab chiqaradi. Ammo uning nomi ko’proq mashhurligi sabab ham ko’pchilik aynan shu pishloqdan xarid qiladi. Bu pishloqni uy sharoitida ham tayyorlash juda oson bo’lib, hozir siz ham bundan voqif bo’lasiz.
Tayyorlaniladigan pishloqqa taxminan 10 000 so’m pul sarflaysiz.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
350 gramm smetana | |
280 gramm yogurt | |
0,5-1 choy qoshiq limon sharbati | |
1 choy qoshiq tuz |
Kattaroq tog'orachaga smetana va yogurtni solamiz. Silikonli oshxona belkurkchasi bilan aralashtiramiz. Mikser bilan ko'pirtirmaymiz, massa suyulib ketishi mumkin.
Tuzni sepamiz. Aralashtirib olamiz. Limon sharbatini solishdan oldin araashmani ta'tib ko'ramiz.
Yarim yoki bir choy qoshiq limon sharbatini solamiz.
Kattaroq tog'oracha olib ustidan g'alvirni tutib, doka ro'molni to'rt qavat qilib, ichiga smetanali aralashmani solamiz.
Doka ro'molni chetlarni yopib, ustiga likopcha qo'yamiz. Likopchaning ustidan og'irroq narsa, masalan suv to'ldirilgan banka qo'yamiz.
So'ng uni 12 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
So'ng tayyor bo'lgan pishloqni olib, konteynerga solamiz va ko'nglimiz tusagan vaqt iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
350 gramm smetana | |
280 gramm yogurt | |
0,5-1 choy qoshiq limon sharbati | |
1 choy qoshiq tuz |