Un solmay pishirilgan yong’oqli pechenyelar
Masalliqlar:
-
100 gramm xohlagan yong'oqlar
-
1 ta tuxum oqi
-
1 choy qoshiq shakar
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Tasavvur qilish qiyin bo’lgan pechenyelar! Bu pechenyelarga umuman un solinmaydi, tayyorlash jarayonining osonligidan esa hatto yosh bolalar ham undan tayyorlay olishadi.
100 gramm yegulikning taxminiy ozuqaviy qiymati: 413.47 kKal bo’lib, oqsillar— 13.20 gr, yog’lar— 30.08 gr, uglevodlar— 22.53 gr ni tashkil etadi.
Masalliqlar:
100 gramm xohlagan yong'oqlar | |
1 ta tuxum oqi | |
1 choy qoshiq shakar | |
bir chimdim tuz |
Gaz pechini 150 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Yong'oqlarni blender idishiga solib, qisqa impulslarda maydalab olamiz, shu sabab ham yong'oqlar yog'ini chiqarishga ulgurmaydi.
Agarda siz bodom ba yong'oqdan solmoqchi bo'lsangiz, ularni alohida-alohida maydalab oling.
Tuxum oqi va tuzni mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Bitta idishga tuxum oqi, maydalangan yong'oqlar, shakarni solib aralashtiramiz. Shakl berib, pergament qog'oz to'shalgan gaz pechi patnisiga terib chiqamiz.
30 daqiqa davomida gaz pechida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
100 gramm xohlagan yong'oqlar | |
1 ta tuxum oqi | |
1 choy qoshiq shakar | |
bir chimdim tuz |