Tuxum va rediskadan salat
Masalliqlar:
-
1 bog' rediska
-
3 ta tuxum
-
1 bog' shivit
-
3-4 poycha ko'k piyoz
-
yarim bog' kashnich
-
200 gramm smetana
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Yilning qaysi mavsumi bo’lishiga qaramasdan, ko’katlardan tayyorlaniladigan salatni hech kim rad etolmaydi. Chunki bunday salatlar yengilligi va tez hazm bo’lishi bilan ham ko’pchilikka yoqadi.Yangi uzilgan ko’katlar esa bozorlarimizda yil bo’yi sotilaveradi. Aytgancha, bu salatdan taraladigan is esa ko’klamning yaqinlashayotganidan darak beradi.
Masalliqlar:
1 bog' rediska | |
3 ta tuxum | |
1 bog' shivit | |
3-4 poycha ko'k piyoz | |
yarim bog' kashnich | |
200 gramm smetana | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tuxumni qaynatib olamiz, sovutib po'stidan xalos etamiz.
So'ng tuxumni yarim aylana shaklida to'g'raymiz.
Rediskani yupqa parrak qilib to'g'rab olamiz.
Ko'katlarni yaxshilab yuvamiz va qog'oz sochiq yordamida quritamiz.
Ularni ham to'g'rab olamiz.
Barcha to'g'ragan masalliqlarni katta idishga solamiz va smetana, tuz va murch solib aralashtiramiz.
Agarda siz salat yanada yengilroq bo'lishini istasangiz, smetanani o'rniga qatiqdan foydalaning. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 bog' rediska | |
3 ta tuxum | |
1 bog' shivit | |
3-4 poycha ko'k piyoz | |
yarim bog' kashnich | |
200 gramm smetana | |
ta'bga qarab tuz va murch |