fbpx
Turkcha ratatuy

Turkcha ratatuy

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qiymali ratatuy – bu oddiy taomning to’yimli varianti bo’lib, ushbu mazali taomni qiyma ajoyib tarzda to’ldirib turadi.

Bunday taomni albatta tayyorlab ko’ring, ayniqsa hozir – sabzavotlar mavsumida.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta qovoqcha
2 ta baqlajon
4 ta pomidor
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
500 gramm mol go'shtidan qiyma
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq oregano
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qiymaga tuz va murch solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Baqlajon, qovoqcha, bulg'or qalampirlari va 2-3 ta pomidorni 1 sm qalinlikda parrak qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qiymadan sabzavotlar kattaligi va qalinligida kotletchalar yasab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Dumaloq yoki to'g'ri to'rtburchak shaklidagi qolipni o'simlik yog'i bilan yog'lab olamiz. Unga kotletlar va sabzavotlarni istalgan ketma-ketlikda joylashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Blender yordamida qolgan pomidorlar va sarimsoqpiyozni maydalaymiz va ta'bga ko'ra tuz solamiz. Hosil bo'lgan qaylani qolipdagi sabzavotlar va kotletchalar ustidan quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ratatuyni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-45 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta qovoqcha
2 ta baqlajon
4 ta pomidor
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
500 gramm mol go'shtidan qiyma
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq oregano
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Videoretsept: shokoladli pechenyedan tort
keyingi
Qovoqchali omlet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.