fbpx
Turkcha qovoqli shirinlik

Turkcha qovoqli shirinlik

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Oddiy, ammo juda mazali turkcha qovoq va yong’oqli shirinlik – butun oilaga yoqadigan mazali taom bo’la oladi.
    Hozir qovoq mavsumi bo’lgani uchun bu shirinlikni tayyorlashni ayni vaqti. Pishirishni ortga surmasdan, hoziroq uni tayyorlab, o’zingiz va oila a’zolaringizni mamnun eting.

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 27 000 so’m. *

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    2 kilogramm qovoq
    800 gramm shakar
    1 ta limon
    150 gramm yong'oq
    qaymoq yoki smetana
    Qadam 1
    Tugallandi

    Qovoqni tozalab, katta bo'laklarga bo'lamiz va bir qismini chuqur kastrulyaga bir qator qilib joylashtiramiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Ustidan shakar sepib, qolgan qovoqlarni ham shu tariqa joylashtiramiz va oxirgi qovoq qismini ustidan ham shakar sepamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    So'ngra ustidan limon sharbatini siqib, limon po'stini ham solamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Kastrulyani qopqog'ini yopib, qovoq sharbati chiqishi uchun kamida 3 soatga xona haroratida qoldiramiz. (Qovoqlarni butun tunga qoldirishingiz ham mumkin).

    Qadam 5
    Tugallandi

    Qovoqlar o'zidan sharbat chiqara boshlaganidan so'ng, idishni olovga qaynatishga qo'yamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Qiyom qaynab chiqqanidan so'ng, olovni iloji boricha pasaytiramiz va idish qopqog'ini yopgan holda, qovoqlarni 1 soat davomida pishiramiz.

    Maslahat: agar qovoq bo'laklari juda katta bo'lsa, ularni qiyom bilan to'yintirish uchun 90 daqiqa davomida pishirish mumkin.

    Qadam 7
    Tugallandi

    60 daqiqadan so'ng, idish qopqog'ini ochgan holda qovoqni yana 20-30 daqiqa davomida pishiramiz. Keyin olovni o'chirib, limon po'stini olib tashlaymiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Dasturxonga taqdim etishdan oldin, qovoqni yaxshilab sovutib olamiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Qovoqning sovutilgan bo'laklarini likopcha ustiga qo'yib, mayda to'g'ralgan yong'oq sepamiz, ta'bga qarab, ozgina qaymoq yoki smetana qo'shamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • Portsiya 5
    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    2 kilogramm qovoq
    800 gramm shakar
    1 ta limon
    150 gramm yong'oq
    qaymoq yoki smetana
    oldingi
    Qovurma sho’rva
    keyingi
    Quritilgan mevalar bilan pishirilgan go’shtli rulet

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.