Tovuqli ramyon
Masalliqlar:
-
2 ta tovuq sonlari
-
2 ta qizil sabzi
-
2 litr suv
-
1 bog' ko'k piyoz
-
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2 osh qoshiq kunjut yog'iyoki oddiy yog'
-
4 osh qoshiq yangi uzilgan zanjabil
-
400 gramm tuxumli lapshayoki Udon lapshasi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
300 gramm tovuq filesi
-
100 millilitr soya qaylasi
-
2 osh qoshiq kunjut
-
3 osh qoshiq asal
-
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
birga tortish uchun nori bargi
-
2-3 dona qaynatilgan tuxum
Yo’nalishlar
Agarda bir xillik joningizga tekkan bo’lsa, unda mana bu yangicha taom unga rang-baranglik kiritsa ajab emas.
Buning uchun sizga supermarketlardan topsa bo’ladigan oddiy masalliqlar va ozgina bo’sh vaqt kerak bo’ladi xolos!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 ta tovuq sonlari | |
2 ta qizil sabzi | |
2 litr suv | |
1 bog' ko'k piyoz | |
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 osh qoshiq kunjut yog'i | |
4 osh qoshiq yangi uzilgan zanjabil | |
400 gramm tuxumli lapsha | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
300 gramm tovuq filesi | |
100 millilitr soya qaylasi | |
2 osh qoshiq kunjut | |
3 osh qoshiq asal | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
birga tortish uchun nori bargi | |
2-3 dona qaynatilgan tuxum |
Ko'k piyozning bir qismi va sabzilarni o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.
Toblatmalarga mo'ljallangan qolipga tovuq sonlarini, sabiz, ko'k piyoz, sarimsoqpiyozlarni solamiz.
Tuz sepib, ustidan kunjut yog'ini quyamiz va aralashtirib olamiz.
220 C darajada qizigan pechda 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan masalliqlarni hammasini qozonga solamiz, ustidan 2 litr suv quyib, 30 daqiqa pastroq olovda qaynatamiz.
Tovuq go'shtini yuvib, uzunchoq shaklda to'g'raymiz.
Tovaga yog' solib qizdiramiz, go'shtni oqarguniga qadar qovurib olamiz.
So'ng tovuq filesi ustidan soya qaylasi, zanjabil, tuz va murchni solamiz.
Soya qaylasi bug'lanib ketgunga qadar qovurib olamiz.
So'ng asal va kunjutni solib, qoshiqda aralashtirib, past olovda qovuramiz.
Tuxumli lapshani tuzli suvda o'ramida ko'rsatilgan muddatda qaynatib olamiz. So'ng suvini to'kib tashlaymiz.
Bulyondan tovuqni olib, suyakchalaridan ajratib olamiz.
Taomni tortadigan idishlarga tovuq go'shtidan solamiz. Ustidan 1-2 choy qoshiqdan soya qaylasi quyamiz.
Ustidan 100 grammdan lapsha solib, ustidan bulyon quyamiz.
Ustidan kunjut bilan qovurilgan tovuq bo'lakchalaridan solamiz. To'g'ralgan ko'k piyoz va yarimtadan qaynatilgan tuxum bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta tovuq sonlari | |
2 ta qizil sabzi | |
2 litr suv | |
1 bog' ko'k piyoz | |
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 osh qoshiq kunjut yog'i | |
4 osh qoshiq yangi uzilgan zanjabil | |
400 gramm tuxumli lapsha | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
300 gramm tovuq filesi | |
100 millilitr soya qaylasi | |
2 osh qoshiq kunjut | |
3 osh qoshiq asal | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
birga tortish uchun nori bargi | |
2-3 dona qaynatilgan tuxum |