Tovuqdan tayyorlangan Stir fray taomi
Masalliqlar:
-
400 gramm tovuq filesi
-
1 ta limon sharbati
-
1,5 osh qoshiq quyuq asal
-
2 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
2 osh qoshiq sariyog' yoki o'simlik yog'i
-
100 gramm piyoz
-
150 gramm sabzi
-
300 gramm brokkoli karami
-
200 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
-
ta'bga ko'ra ko'k piyoz
Yo’nalishlar
Kam vaqt ichida tayyor bo’ladigan juda mazli va noodatiy taom tayyorlashni istasangiz – stir-fray ajoyib tanlov bo’la oladi.
Ushbu taomda tovuq ozroq shirin bo’lib pishadi, ammo quruq bo’lib qolmaydi. Sabzavotlar esa qarsildoq va juda mazali bo’lib pishadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
400 gramm tovuq filesi | |
1 ta limon sharbati | |
1,5 osh qoshiq quyuq asal | |
2 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
2 osh qoshiq sariyog' yoki o'simlik yog'i | |
100 gramm piyoz | |
150 gramm sabzi | |
300 gramm brokkoli karami | |
200 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri | |
ta'bga ko'ra ko'k piyoz |
Limon sharbati, asal va makkajo'xori kraxmalini kichkina idishda aralashtiramiz.
Tovuq filesini ingichka chiziqcha shaklida kesib olamiz.
Sabzini doira shaklida, piyozni yarim halqa shaklida, bulg'or qalampirini o'rtacha bo'laklarda to'g'rab olamiz. Brokkolini esa shoxchalarga ajratamiz.
Chuqur tovada (vok tovasi bo'lsa ayni muddao) o'simlik yog'ini yarimini qizdiramiz.
Maslahat: ushbu taomni tayyorlashda, tovadagi mahsulotlarni aralashtirib turgan holda qovurish lozim. Ana shunda sabzavotlar va go'sht bir xil qovuriladi va kuyib ketmaydi. Aynan shuning uchun ham barcha masalliqlar oldindan to'g'ralgan bo'lishi shart.
Tovuq go'shtini tovada tahminan 2 daqiqa qovuramiz, so'ngra tayyor bo'lgan tovuq go'shtini likopchaga olamiz.
O'sha tovada o'simlik yog'ini qolgan qismini qizdirib, piyozni tahminan 1 daqiqa qovuramiz. Ustidan sabzini solib, yana 1 daqiqa qovuramiz. So'ngra ustidan brokkoli va bulg'or qalampirini solib, yana 1 daqiqa qovuramiz.
So'ngra tovaga tovuq go'shtini qaytarib solib, ustidan asal va limonli qaylani quyamiz va yana tahminan 3 daqiqa qovuramiz.
Masalliqlar:
400 gramm tovuq filesi | |
1 ta limon sharbati | |
1,5 osh qoshiq quyuq asal | |
2 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
2 osh qoshiq sariyog' yoki o'simlik yog'i | |
100 gramm piyoz | |
150 gramm sabzi | |
300 gramm brokkoli karami | |
200 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri | |
ta'bga ko'ra ko'k piyoz |