Tovuq va pomidorli kish
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
170 gramm un
-
85 gramm margarin yoki sariyog'
-
2 osh qoshiq muzdek suv
-
bir chimdim tuz
-
Asosiga:
-
350 gramm tovuq filesi
-
100 gramm piyoz
-
150 gramm pomidor
-
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
Quymasiga:
-
200 gramm smetana
-
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
130 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
2 ta tuxum
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Bizlarga usti ochiq piroglar juda yoqadi. Shu sababdan ham yangicha va juda mazali yana bir kish retseptini siz azizlarga ham ilindik.
Bunday piroglarning ustunligi shundaki, ularga xohlagan mahsulotlaringizdan solishingiz mumkin: kurka go’shti, kolbasa, bulg’or qalampiri, makkajo’xori va hokazo.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 37 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
170 gramm un | |
85 gramm margarin yoki sariyog' | |
2 osh qoshiq muzdek suv | |
bir chimdim tuz | |
Asosiga: |
|
350 gramm tovuq filesi | |
100 gramm piyoz | |
150 gramm pomidor | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Quymasiga: |
|
200 gramm smetana | |
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
130 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
2 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tog'orachaga unni elab solamiz, sariyog'ni to'g'rab, uni ham solamiz. Qo'lda tezda ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.
Tuz va suvni solib, xamirni qorib olamiz. Xamir silliq bo'lmasligi mumkin, bu muhim emas. Muhimi sariyog' erib ketmasligi uchun tezda qorib olishdir.
Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqaga yoki nonushtaga tayyorlashni istasangiz, bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Asosini tayyorlab olamiz:
Tovaga yog'ni quyib, mayda to'g'ralgan piyozlarni qizarguniga qadar qovurib olamiz.
So'ng 2-2,5 kattalikda to'g'ralgan tovuq go'shtini solib qovurib olamiz.
Olovni pasaytirib, yumshaguniga qadar dimlab pishiramiz. So'ng tuz va murch sepib, gazni o'chiramiz.
Xamirni ikkita pergament qog'oz orasida yupqa qilib yoyamiz. Qolipning aylanasi 24-25 sm kattalikda bo'lishi kerak. Agar qolipning cheti ochiladigan bo'lsa, juda qulay bo'ladi.
Yoygan xamirni qolipga olamiz(qolipni yog'lash kerak emas). Chetlarini bosib, "quloqchalar" hosil qilamiz.
Asosni solib, tekislab olamiz.
Quymasini tayyorlab olamiz: tuxumlarni chaqib bitta idishga solamiz, qaymoq, smetana, tuz va murch solib, aralashtirib olamiz.
Qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni ham sepib, yana bir bor aralashtirib olamiz.
Aralashmani tovuq go'shti ustidan quyamiz va ustini qoshiqda tekislab olamiz.
Pomidorlarni ikkiga kesib, pirog ustidan terib chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
170 gramm un | |
85 gramm margarin yoki sariyog' | |
2 osh qoshiq muzdek suv | |
bir chimdim tuz | |
Asosiga: |
|
350 gramm tovuq filesi | |
100 gramm piyoz | |
150 gramm pomidor | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
Quymasiga: |
|
200 gramm smetana | |
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
130 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
2 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch |