fbpx
Taten olmali tarti

Taten olmali tarti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun bizlar Jeymi Oliverning retsepti asosida juda ham mazali bo’lgan olmali taten tartidan pishiramiz.

Olmaning o’rniga ta’bga qarab, nok, behi yoki ularning aralashmasidan foydalanish mumkin. Bizlar tartni aylanasi 24-26 sm li qolipda pishirdik.

Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqt gagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
5 ta olma
500 gramm qatlama xamir
150 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
50 gramm sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Olmalarni archib, ikkiga bo'lamiz va danakchalaridan tozalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qozonchaga shakar va vanilinni solib, karamel holatiga kirgunicha eritamiz va olmalarni solib, 5 daqiqacha yumshaguncha qovuramiz.

So'ng to'g'ralgan sariyog'ni solib, biroz qizdiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni qolipdan sal kattaroq qilib yoyamiz. Qolipga sariyog' surtib olmalarni danakli tomonini tepaga qaratib terib chiqamiz. Karamelni ham quyamiz.

Yoygan xamirni olmalarning ustidan to'shaymiz va qoshiq yordamida chetlarini ichkariga qilib bukib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pechga qo'yib, 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pishgan tartni kattaroq likopchaga ag'darib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Biroz sovitib, so'ng muzqaymoq bo'lakchalari bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
5 ta olma
500 gramm qatlama xamir
150 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
50 gramm sariyog'
oldingi
Marinadlangan qizil lavlagi va karam
keyingi
«Dangasa» do’lmalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.