fbpx
Tar-tar qaylasi bilan tayyorlanilgan do’lma

Tar-tar qaylasi bilan tayyorlanilgan do’lma

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Do’lmani bugun umuman o’zgacha, juda mazali qayla bilan tayyorlashga qaror qildik. Agarda siz ham xuddi bizlardek yangicha ta’mlarni yaratish va ta’tib ko’rishga qiziqsangiz, unda bizlar bilan birga tayyorlang.

Bunday do’lma juda mayin chiqib, tishlaganda og’zingizda erib ketadi.

Masalliqlar:

Portsiya:
80 ta tok barglari
1 kilo mol go'shtidan qiyma
300 gramm guruch
2 dona bulg'or qalampiri
2 dona pomidor
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
4 ta piyoz
2 dona kartoshka
2 ta qizil sabzi
1 bog' kashnich
1 bog' ko'k piyoz
100 gramm o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
ta'bga qarab tuyilgan kashnich
Qaylasiga:
400 gramm smetana
1 bog' shivit
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tok barglarini yuvib, ustidan qaynoq suv solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bulg'or qalampiri, piyoz va pomidorlarni mayda to'rtburchak shaklida to'g'rab olamiz.

Ko'katlar va sarimsoqpiyozni esa juda mayda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qiymani tog'orachaga solamiz, ustidan qiyma, to'g'ralgan masalliqlar, yuvilgan guruchni solamiz, ziravorlarni sepib, aralshtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng barg toklariga qiymadan solib, do'lmalarni tugib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qozonga kartoshka, piyoz va sabzini katta-katta to'g'rab joylashtiramiz, ustidan lavr yaproqchalari va 300 ml suv solib, do'lmalarni terib chiqamiz.

Qopqog'ini yopib, 30-40 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qayla

Kosaga smetana solib, ustidan tuz va murch sepamiz, mayda to'g'ralgan ko'katlar va sarimsoqpiyozni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Do'lmalarni tayyor qayla bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • Portsiya 10
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
80 ta tok barglari
1 kilo mol go'shtidan qiyma
300 gramm guruch
2 dona bulg'or qalampiri
2 dona pomidor
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
4 ta piyoz
2 dona kartoshka
2 ta qizil sabzi
1 bog' kashnich
1 bog' ko'k piyoz
100 gramm o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
ta'bga qarab tuyilgan kashnich
Qaylasiga:
400 gramm smetana
1 bog' shivit
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Lavashdan tayyorlanilgan lazanya
keyingi
Olxo’rili pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.