fbpx
Sutda pishirilgan bo’g’irsoqlar

Sutda pishirilgan bo’g’irsoqlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shirin va mazali bo’g’irsoqlarni Ramazon Hayit bayramida tayyorlash qadim zamonlardan berin davom etib keladigan an’ana hisoblanadi. Ammo, ularni har kim har xil usulda tayyorlaydi.

Siz ularga har xil ziravorlar qo’shib, umuman takrorlanmas ta’mli bo’g’irsoqlar pishirishga erishishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 13 000 so’m pul sarflaymiz.*

*narxi manab chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

 

Masalliqlar:

320 gramm un
80 gramm sariyog'
2 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq qabartma
200 millilitr sut
yarim choy qoshiq maydalangan dolchin
qovurish uchun 500 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kattaroq tog'orachaga un, qabartma va dolchinni solib aralashtiramiz va ustidan sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qo'lda yaxshilab uvalaymiz, so'ng shakarni solib yana aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yumshoq, lekin qo'lga yopishmaydigan xamirga ega bo'lish uchun sutni talab qiladigan miqdorda solasiz.

Balki, bunda 200 millilitrdan kamroq sut ketishi ham mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

So'ng xamirdan uzun kolbasasimon shakl yasaymiz va 2 sm qalinlikdagi bo'lakchalarga kesib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Hosil bo'lgan xammirchalarga oddiy chovla, qirg'ich yoki sushiga mo'ljallanilgan gilamcha bilan naqsh beramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qizib turgan yog'da, tillarangga kirgunicha qovurib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan bo'g'irsoqlarni ortiqcha yog'idan xalos bo'lish uchun, qog'oz sochiqqa solamiz. Ta'bga qarab ustiga shakar uppasi sepisimiz ham mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

320 gramm un
80 gramm sariyog'
2 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq qabartma
200 millilitr sut
yarim choy qoshiq maydalangan dolchin
qovurish uchun 500 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Ziravorlar bilan dimlab pishirilgan tovuq oshqozonchalari
keyingi
«Kapreze» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.