fbpx
Suli yormasi va sabzidan qilingan keks

Suli yormasi va sabzidan qilingan keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bizlarga oldindan tayyorlab qo’ysa bo’ladigan pishiriqlar juda yoqadi. Ana shulardan biri sabzi va suli yormasidan qilingan keks bo’lib, kechqurun tayyorlab qo’ysangiz, ertalabga mazali nonushta tayyor!

Bunday keks quruq bo’lib pishmay, balki mayin va yumshoqina bo’lib chiqadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

 

Masalliqlar:

150 gramm un
1.4 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
1/2 choy qoshiq tuz
160 millilitr o'simlik yog'i
100 gramm shakar
100 gramm qo'ng'ir rangli shakar
2 ta tuxum
300 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qizil sabzi
100 gramm suli yormasi
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Pechni 180 C darajaga yoqib qo'yamiz. Uzunchoq pishiriqqa mo'ljallangan qolipga sariyog' surtib, pergament qog'oz to'shaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga un, tuz, iste'mol sodasi va dolchinni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Boshqa idishga esa o'simlik yog'i, tuxum, shakar va vanil shakarini solamiz, mikser yordamida yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Unli massani tuxumli aralashmaga oz-ozdan solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

1 qoshiq suli yormasidan chetga olib qo'yamiz, chunki ustiga sepishga kerak bo'ladi. Qolganini esa qirg'ichdan chiqarilgan sabzi bilan birga xamirga solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni qolipga quyib, ustidan olib qo'ygan suli yormasini sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pechga qo'yib, 1 soat davomida pishirib olamiz. Tortishdan oldin sovutib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm un
1.4 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
1/2 choy qoshiq tuz
160 millilitr o'simlik yog'i
100 gramm shakar
100 gramm qo'ng'ir rangli shakar
2 ta tuxum
300 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qizil sabzi
100 gramm suli yormasi
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Videoretsept: brizol
keyingi
Mol go’shtidan tayyorlangan jarkop

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.