«Smak» salati
Masalliqlar:
-
4 ta pomidor
-
100 gramm pishloq
-
100 gramm quritilgan non bo'laklari
-
2 tishcha sarimsoqpiyoz
-
100 gramm mayonez
-
2-3 shoxcha shivit
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
“Smak” salati juda ommabop bo’lib, u deyarli barcha restoran-u kafelarning menyusiga kiritilgan. Lekin uni osongina uyda ham tayyorlashingiz mumkin.
Bu salat uncha ko’p masalliqlarni talab qilmaydi, unga kerakli mahsulotlar deyarli hammaning muzlatgichidan topiladi.
Quritilgan qarsildoq non bo’laklari, mazali pomidor, xushbo’y sarimsoqpiyoz hamda pishloq – bunday yegulik bemaza bo’lishi mumkinmi? Axir juda sevib iste’mol qilinishi bejiz emas! Keling uni birga tayyorlaymiz, bu juda oson.
Masalliqlar:
4 ta pomidor | |
100 gramm pishloq | |
100 gramm quritilgan non bo'laklari | |
2 tishcha sarimsoqpiyoz | |
100 gramm mayonez | |
2-3 shoxcha shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Pomidor va pishloqni o’rtacha to'rtburchak shaklda to’g’rang, chuqurroq salat idishiga yo’llang.
Shivitni mayda to’g’rang va pomidor bilan pishloq safiga qo’shing.
Sarimsoqpiyozni ezib soling.
Dasturxonga tortishdan oldin quritilgan non bo'laklari va mayonez solib yaxshilab aralashtiring va ta'bga ko'ra tuz va murch seping.
Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4 ta pomidor | |
100 gramm pishloq | |
100 gramm quritilgan non bo'laklari | |
2 tishcha sarimsoqpiyoz | |
100 gramm mayonez | |
2-3 shoxcha shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch |
5 Sharhlar Hide Comments
Жуда хам яхши
Juda zo’r ekan .Sizlarga rahmat!!!
Izoh uchun raxmat!
Juda ham osson va mazali salat ekan raxmat
Assalomu alaykum. Arzmidi. Izoh qoldirganingiz uchun sizga raxmat)