Shokoladli xamirda pishirilgan tvorogli pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
100 gramm margarin yoki sariyog'
-
120 gramm shakar
-
2 ta tuxum
-
160 gramm un
-
2 osh qoshiq kakao kukuni
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
-
Tvorogli asosiga:
-
600 gramm 9 va undan ko'proq % li tvorog
-
150 gramm shakar
-
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
2 ta tuxum
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Shokoladli xamir va mayin tvorogli krem uyg’unligidan tashkil topgan mana bunday mazali pirogdan siz ham tayyorlab ko’ring.
Aytgancha, tvorogning o’rniga qaymoqli pishloqdan solib, bu pirogni chizkeykka ham aylantirish mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
100 gramm margarin yoki sariyog' | |
120 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
160 gramm un | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
Tvorogli asosiga: |
|
600 gramm 9 va undan ko'proq % li tvorog | |
150 gramm shakar | |
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz |
Xamirli asosini tayyorlab olamiz
Xona haroratida yumshagan sariyog'ni ustidan shakar, vanil shakari va tuz bilan birga ko'pirtirib olamiz.
Bittadan tuxumni solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Un, kakao va qabartmani elab solamiz va aralashtirib olamiz. Quyuqroq xamir qorib olamiz.
25x25 sm kattalikdagi to'rtburchak qolipdan ham, aylanasi 24-26 sm li qylana qolipdan ham foydalanish mumkin.
Qolipga sariyog' surtib, pergament qog'oz to'shaymiz. Xamirni yarmini solib, ustini tekislab olamiz.
Tvorogli asosini tayyorlaymiz
Asos uchun kerakli barcha masalliqlarni solamiz va silliq holatga kirgunicha blenderda ezib maydalaymiz.
Xamir ustida tvorogli aralashmani hammasini solamiz.
Kichkina qoshiq yordamida qolgan xamirni bitta-bitta olib solamiz. Cho'pcha yordamida ustiga har xil naqsh kiritish mumkin.
Pirogni 170 C darajada qizigan pechga qo'yib, 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
100 gramm margarin yoki sariyog' | |
120 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
160 gramm un | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
Tvorogli asosiga: |
|
600 gramm 9 va undan ko'proq % li tvorog | |
150 gramm shakar | |
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz |