Shokoladli chizkeyk
Masalliqlar:
-
Asosiga:
-
120 gramm pechenye
-
60 gramm sariyog'
-
2 osh qoshiq kakao kukuni
-
Pishloqli qavatiga:
-
550 gramm qaymoqli pishloq
-
70 gramm shakar
-
2 ta tuxum
-
180 millilitr yog'li qaymoq
-
180 gramm qora shokolad
-
Olchali qaylasiga:
-
200 gramm muzlatilgan olcha
-
50 gramm shakar
-
2 osh qoshiq kraxmal
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga juda ham mazali bo’lgan pishiriq – shokoladli chizkeykning retseptini taqdim etamiz.
Bunda muhim jarayonlardan biri – xom xamirni umuman mikser bilan ko’pirtirmang, faqat qoshiq bilan aralashtiring.
Biz ustini bezatishda olchali qayladan foydalandik. Siz ta’bga qarab xohlaganingizdan foydalanishingiz mumkin, masalan, shokolad yoki ko’pirtirilgan qaymoqdan.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
120 gramm pechenye | |
60 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
Pishloqli qavatiga: |
|
550 gramm qaymoqli pishloq | |
70 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
180 millilitr yog'li qaymoq | |
180 gramm qora shokolad | |
Olchali qaylasiga: |
|
200 gramm muzlatilgan olcha | |
50 gramm shakar | |
2 osh qoshiq kraxmal |
Diametri 18 sm li aylana qolip tayyorlab olamiz.
Pergament qog'oz to'shaymiz, chetlariga esa sariyog' surtib olamiz.
Pechenyelarni maydalab olamiz, ular kukunsimon bo'lsin.
Maydalangan pechenyelarga eritilgan sariyog' va kakao kukunini solib aralashtiramiz.
Massani qolipga solamiz va tekislab chiqamiz.
190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 7-10 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Pishloqli asos uchun ganashni tayyorlab olamiz.
Qaymoqni qaynash darajasiga yetkazamiz, so'ng olib ichiga shokolad solamiz.
Silliq holga kirgunicha aralashtiramiz va sovutib olamiz.
Hosil bo'lgan aralashmani pishgan xamirimizning ustiga solamiz va tekislab olamiz.
Qolipimizni ostini ikki qavat zar qog'oz, ya'ni folga bilan yopib olamiz, chunki bu pishirig'imizni suv solingan patnisga qo'yib pishirib olamiz.
Gaz pechi patnisiga suv solamiz. Suv qolipning 1/3 qismidan oshmasligi kerak. So'ng patnisning ichiga qolipni qo'yamiz va 110 C darajada qizdirilgan gaz pechida 90-100 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan chizkeykning chetlari qotganroq, o'rtasi esa sal titrab turadi.
Duxovkani ochiq qoldirib, chizkeykni shu yerda sovutib olamiz.
So'ng, 6-8 soatga sovutgichga qo'yamiz.
Muzlatilgan olchani eritib olamiz va shakar qo'shib, gaz ustiga qo'yamiz va qaynash darajasiga keltiramiz.
So'ng kraxmalni solamiz va quyulgunicha qaynatamiz.
Chizkeykni qolipdan olamiz va olchali qayla bilan bezatamiz. Yoqimli sihtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
120 gramm pechenye | |
60 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
Pishloqli qavatiga: |
|
550 gramm qaymoqli pishloq | |
70 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
180 millilitr yog'li qaymoq | |
180 gramm qora shokolad | |
Olchali qaylasiga: |
|
200 gramm muzlatilgan olcha | |
50 gramm shakar | |
2 osh qoshiq kraxmal |
7 Sharhlar Hide Comments
Ishlatadigan mahsulotlaringizni ham rasmini ilova qilishingizni sörardim
Assalomu aleykum! Sizni ko’proq qaysi mahsulot qiziqtirdi? Chizkeyk uchun kerakli mahsulotlarni xohishingizga qarab tanlashingiz mumkin. Aynan biron bir firmaga tegishli mahsulotdan foydalanish shart emas. 🙂
Ассалом алайкум!
Филоделфия пишлоғини нархи қиммат….
Яна қандай пишлоқдан фойдаланиш мумкин?
Ўзимизнинг махсулот бўлган пишлоқдан фойдаланса бўладими?
Агар бўлса, қайси хилидан?
Assalomu aleykum, Muqaddas! Shokoladli chizkeyk retseptining 5-qadamiga e’tibor bersangiz, biz bu pishirig’imiz uchun ishlatgan pishlog’imiz rasmini ilova qilib qo’ydik. Bu pishloq eko bozorda 21-22 ming so’m turadi. Oddiyroq eritilgan pishloqlar esa, biz kutgan natijani bermasligi mumkin.
Рахмат!
Buyurma berib bolmaydimi
Assolomu aleykum, yo’q biza faqat retsept taqdim qilamiz.