Shokolad va yong’oqli o’rama pirog
Masalliqlar:
-
100 millilitr sut
-
60 gramm sariyog'
-
60 gramm shakar
-
qoshiq xamirturush uchun 1 choy shakar
-
100 millilitr iliq suv
-
7 gramm quruq xamirturush
-
2 ta tuxum
-
550 gramm un
-
Asosiga:
-
30 gramm sariyog'
-
100 gramm shakar
-
2 osh qoshiq dolchin
-
30 gramm kakao kukuni
-
100 gramm yong'oq
Yo’nalishlar
Yangiliklarga boy, original retseptlarni berishda davom etamiz. Har kuni yangidan-yangi ma’lumotlarga ega bo’lib, oshxonadagi mahoratingizni oshirayotgan bo’lsangiz bundan bizlar faqatgina shodlanamiz.
Bugun bizlar ajoyib ko’rinishdagi, shokolad va yong’oqqa to’yintirilgan o’rama pirog pishiramiz. Agarda siz ham xuddi shunday pirog pishirsangiz, yaqinlaringizni ko’zini quvotirgan bo’lardingiz.
Masalliqlar:
100 millilitr sut | |
60 gramm sariyog' | |
60 gramm shakar | |
qoshiq xamirturush uchun 1 choy shakar | |
100 millilitr iliq suv | |
7 gramm quruq xamirturush | |
2 ta tuxum | |
550 gramm un | |
Asosiga: |
|
30 gramm sariyog' | |
100 gramm shakar | |
2 osh qoshiq dolchin | |
30 gramm kakao kukuni | |
100 gramm yong'oq |
Kichikroq idishga iliq suv, xamirturush va choy qoshiq shakarni solib aralashtiramiz.
Ustini sochiq bilan yopib, shishgunicha 10 daqiqaga olib qo'yiladi.
Bu vaqt mobaynida sut, sariyog' va shakarni bitta idishga solamiz va gaz plitasiga qo'yib, sariyog' erigunicha qizdiriladi.
So'ng sovutib olamiz.
So'ng sutli aralashma va xamirturushni solib aralashtiramiz.
Un solib yaxshilab aralashtiramiz va xamir qoramiz.
Xamirni ustini yelim qog'oz bilan yopib, 30-40 daqiqaga chetga olib qo'yiladi.
Xamir ikki hissaga shishib chiqishi kerak.
Asosi uchun mo'ljallangan sariyog'ni eritib olamiz.
Shakar, kakao, dolchin va yong'oqni alohida idishga solib aralashtiramiz.
Tayyor xamirni 1 sm qalinlikda to'rtburchak shaklda yoyamiz.
Xamirni rulet qilib o'raymiz.
Tayyor ruletni ko'ndalagiga kesamiя va aylantirib chiqamiz.
Jgutga o'xshagan bu o'ramani ikkita uchini bir joyga birlashtirib, yana aylantirib chiqamiz.
So'ng 175 C da qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.