fbpx
Shakarli qiyomga botirilgan oddiy pryaniklar

Shakarli qiyomga botirilgan oddiy pryaniklar

Masalliqlar:

  • Shakarli qiyomiga:

Yo’nalishlar

Bu eng oson tayyorlaniladigan va haqiqiy mazali ta’mli pryaniklar tayyorlashning to’g’ri retseptidir. O’zingiz tayyorlab ko’ring va bunga guvoh bo’ling.

Smetanada qoriladigan bu pryanik xamiri hech qanday qiyinchiliklarsiz tez va oson tayyorlanib, shakl berish ham sizni umuman qiynamaydi.

Bu pryaniklarni tayyorlashda o’z ta’bingizdan kelib chiqib, har xil ziravorlarni solishni unutmang. masalan, muskat yong’og’i, dolchin, zanjabil va gvazdika.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 9 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
125 millilitr smetana yog'liligi foizining ahamiyati yo'q
300-320 gramm un
1 dona tuxum sarig'i
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
125 gramm shakar
8 gramm qabartma
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab dolchin, zanjabil va muskat yong'og'i
Shakarli qiyomiga:
1 dona tuxum oqi
50 millilitr suv
150 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Idishga xona haroratidagi smetana, shakar, tuz, o'simlik yog'i va tuxum sarig'ini solib, mikser yoki venchikda biroz ko'pirtirib olamiz.

Bunda ular silliq holatga kirishi, shakar esa erib ketishi lozim.

Qadam 2
Tugallandi

Elagan 300 gramm unni qabartma va ziravorlar bilan aralashtirib olamiz. Ziravorlarni ta'bingizga qarab tanlaysiz va ulardan hech bo'lmasa birini soling, aks holda bu pryanik bo'lmay qoladi.

Qadam 3
Tugallandi

Smetanali aralashma ustidan unni solamiz va yumshoq, biroz yopishqoq xamir qorib olamiz. Ana shu jarayonda xamir holatiga qaraysiz, agarda u juda yopishqoq bo'lsa, qolgan unni ham solasiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirdan yong'oq kattaligidek aylana shakllar yasab, pergament qog'oz ustiga terib chiqamiz. Ular pishish jarayonida qabartma hisobiga ham shishishi sabab ham orasiga joy qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizigan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Gugurt donasi yordamida pishgan-pishmaganligini tekshirib ko'ramiz: agar u quruq chiqsa, demak pishgan hisoblanadi.

Qadam 6
Tugallandi

Shakarli qiyom tayyorlab olamiz

100 gramm shakar upasini suv bilan aralashtirib, gazga qo'yamiz.

Qaynash boshlangandan so'ng, 1-2 daqiqa qaynatib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxum oqi va qolgan shakar upasini mikser bilan yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Merenga va issiq qiyomni birlashtirib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pishgan pryaniklarni qiyomga botirib olamiz, so'ng gaz pechi panjarasiga terib, xona haroratida 3-5 soatga qoldiramiz.

Undan so'ng esa yangi choy damlab, mehnatimiz samarasini dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 12
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
125 millilitr smetana yog'liligi foizining ahamiyati yo'q
300-320 gramm un
1 dona tuxum sarig'i
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
125 gramm shakar
8 gramm qabartma
ta'bga qarab tuz
ta'bga qarab dolchin, zanjabil va muskat yong'og'i
Shakarli qiyomiga:
1 dona tuxum oqi
50 millilitr suv
150 gramm shakar upasi
oldingi
Videoretsept: Merengali limonli tart
keyingi
Konservalangan loviya va makkajo’xorili salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.