fbpx
SalSal restoranidan retsept: Lasosdan tayyorlanilgan steyk

SalSal restoranidan retsept: Lasosdan tayyorlanilgan steyk

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun mashhur restoranlardan biri bo’lmish, SalSal o’zining ajoyib taomining to’liq retseptini siz azizlarga taqdim qiladi.

Taomlarni yangicha ta’m va ko’rinishda taqdim qilish bu restoranning o’ziga xos xususiyati bo’lib, bugungi ana shunday taomlardan biri bo’lmish, lasos balig’idan qilingan steyklardir.

Bunday taomni qanday tayyorlashni esa restoranning bosh oshpazi Farrux Ulug’jonov so’zlab beradi va fotosuratlarini ham ilova qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm lasos balig'i filesi
200 gramm kartoshka
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 dona limon
1 osh qoshiq soya qaylasi
50 millilitr tovuqli bulyon
1 osh qoshiq zaytun moyi
50 millilitr qaymoq
50 gramm sariyog'
2 osh qoshiq mayonez
50 millilitr sut
ta'bga qarab qizil lavlagi
ta'bga qarab qovoq
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkani qaynatishga qo'yamiz. Ichiga sarimsoqpiyozning bir tishchasini solsak, yanada mazaliroq chiqadi. 30-35 daqiqa davomida qaynatib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Baliqni olamiz va ikkiga bo'lamiz,m 100 grammdan ikkta steyk hosil bo'ladi. Tuz va murch sepamiz, ustidan limon sharbati, zaytun moyi va soya qaylasini solamiz. 10 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Idishga 50 millilitr bulyon, 100 millilitr qaymoqni solamiz, ustidan tuz va murch sepamiz, past olovga qo'yib, quyuqlashgunicha qaynatamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Limonni teng ikkiga bo'lamiz, bir bo'lagini grillda qovurib olamiz. Agarda siz qizil lavlagini ham solmoqchi bo'lsangiz, unda uni qaynatib pishiring, so'ng ikki qoshiq mayonez solib, blenderda ezib gel holatiga keltirasiz. Qovoqdan ham xuddi shunday gel tayyorlab olish mumkin.

Qadam 5
Tugallandi

Kartoshka pishganidan so'ng, ortiqcha suvini to'kamiz va ezib, pyure holatiga keltiramiz. So'ng 50 gramm yumshagan sariyog' va 50 millilitr sut solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Grill tovada lasos balig'ini qovurib olamiz. Past olovda 7-9 daqiqa qovurishning o'zi kifoya.

Qadam 7
Tugallandi

Likopchaga avval kartoshkali pyureni solamiz, xohishga qarab pyureni pishiriq qopchasiga solib, chiroyli ko'rinish berishimiz ham mumkin. Lasos balig'ini pyurening ustidan qo'yamiz va qayla quyib bezatamiz. Shuningdek bu taomni qovoq va qizil lavlagidan tayyorlanilgan gellardan ustiga tomizib bezatishimiz ham mumkin.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm lasos balig'i filesi
200 gramm kartoshka
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 dona limon
1 osh qoshiq soya qaylasi
50 millilitr tovuqli bulyon
1 osh qoshiq zaytun moyi
50 millilitr qaymoq
50 gramm sariyog'
2 osh qoshiq mayonez
50 millilitr sut
ta'bga qarab qizil lavlagi
ta'bga qarab qovoq
oldingi
Tvorogli puding
keyingi
Maroqandcha kartoshkali salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.