fbpx
Sabzili pirog

Sabzili pirog

Masalliqlar:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Mayin va yumshoq pishadigan sabzili pirog har bir dasturxonga o’zgacha ko’rk bag’ishlaydi. Uni tayyorlash esa umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Eng qiyin jarayon esa sabzini qirg’ichning mayda tishchasidan chiqish hisoblanadi, qolgan jarayonlarini esa hatto yosh bollar ham uddalay olishadi.

Tayyorlaniladigan pirogga taxminan 44 000 so’m pul sarflaniladi.*

*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina mal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
350 gramm un
150 gramm shakar
100 millilitr o'simlik yog'i
4 dona tuxum
400 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qizil sabzi
2 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq dolchin
yarim choy qoshiq tuz
100 gramm maydalangan yong'oq
Kremiga:
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
100 gramm shakar upasi
300 gramm tvorogli pishloq
1 choy qoshiq vanilin
Qadam 1
Tugallandi

Aylanasi 18-20 sm li ikkta qolip tayyorlab olamiz.

Ostiga pergament qog'oz solamiz, chetlariga sariyog' surtamiz.

Agarda qolipingiz bitta bo'lsa, unda xamirni navbat bilan pishirib olasiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un, qabartma, iste'mol sodasi, tuz va dolchinni solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida tog'orachada tuxum va shakarni aralashtiramiz, so'ng o'simlik yog'i solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Suyuq va quruq massalarni aralashtirib olamiz.

So'ng qirg'ichdan chiqarilgan sabzi va maydalangan yong'oqni solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyorlab qo'yilgan qoliplarga xamirni teng ikkiga bo'lib solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

175 ° da qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishganligini gugurtcho'p yordamida tekshirib ko'ramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kremiga muzdek qaymoq va shakar upasini yaxshilab ko'pirtirib olamiz, so'ng tvorogli pishloqni solib, silliq bo'lguniga qadar ozroq aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Birinchi korjni qo'yib, ustiga krem surtamiz, ustidan ikkinchi korjni qo'yamiz.

Usti va chetlariga qolgan kremdan surtamiz.

Tortni 4-5 soat davomida sovutgichga qo'yamiz. So'ng esa olib, iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 175 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
350 gramm un
150 gramm shakar
100 millilitr o'simlik yog'i
4 dona tuxum
400 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qizil sabzi
2 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq dolchin
yarim choy qoshiq tuz
100 gramm maydalangan yong'oq
Kremiga:
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
100 gramm shakar upasi
300 gramm tvorogli pishloq
1 choy qoshiq vanilin
oldingi
Videoretsept: Qiyma bilan to’ldirilgan baqlajonlar
keyingi
Qovoqcha va frikadelkalar bilan pishirilgan yozgi sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.