fbpx
Sabzili pechenyelar

Sabzili pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oddiy masalliqlardan, ayniqsa qizil sabzidan nihoyatda mazali pishiriqlar tayyorlash mumkinligiga ishinish qiyin bo’lsa kerak.

Ammo ularga solinadigan dolchin pechenyelarning juda xushbo’y va mazali chiqishini ta’minlaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

200 gramm qizil sabzi
bir chimdim tuz
100 gramm shakar
1 ta tuxum
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq limon sharbati
100 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
1 choy qoshiq dolchin
350 gramm un
70 gramm mayiz
Qadam 1
Tugallandi

Sabzini qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz. Sharbatini siqib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga tuz, shakar va tuxumni solamiz. Iste'mol sodasi ustidan limon sharbatini quyib, uni ham tog'orachaga solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng esa yog', dolchin va qirg'ichdan chiqarilgan sabzini solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Unni elab solamiz va xamir qorib olamiz. Uzumni ham qo'shamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirdan bir xil hajmdagi sharchalar yasab olamiz va patnisga terib, ustini biroz bosib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm qizil sabzi
bir chimdim tuz
100 gramm shakar
1 ta tuxum
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq limon sharbati
100 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
1 choy qoshiq dolchin
350 gramm un
70 gramm mayiz
oldingi
Qiyma bilan to’ldirilgan pomidorlar
keyingi
Limon bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.