fbpx
Quyultirilgan sut solib pishirilgan tvorogli pirog

Quyultirilgan sut solib pishirilgan tvorogli pirog

Masalliqlar:

  • Korjiga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Mayin ta’mli tvorog va kakaoli xamir uyg’unlashib, ajoyib ta’mli shirinlikni hosil qiladi.

Buning uchun kerak bo’ladigan masalliqlarni esa har qanday bozor yoki supermarketlardan topish qiyinchilik tug’dirmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 42 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Korjiga:
1 stakan un
1 choy qoshiq qabartma
2 osh qoshiq kakao kukuni
120 gramm sariyog'
2 osh qoshiq smetana
2 osh qoshiq shakar
bir chimdim tuz
Asosiga:
450 gramm tvorog
150 gramm tvorogli pishloq
200 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
2 ta tuxum
2 osh qoshiq un
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugllandi

Korjini tayyorlab olamiz:

Un, qabartma, kakao va tuzni elab olamiz. Muzdek sariyog'ni ham qirg'ichdan chiqarib olamiz. Qo'lda yaxshilab ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Smetana va shakarni ham solamiz. Xamir qorib, yelim xaltaga solamiz va sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Asosini tayyorlab olamiz:

Asosi uhcun esa alohida idishga tvorog va tvorogli pishloqni solib, aralashtirib olamiz. Qaynatilgan quyultirilgan sut, tuxum va vanil shakarini ham solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Unni ham solib, hammasini qo'l blenderida silliq holatga kirgunicha ezib maydalaymiz.

Qadam 5
Tugllandi

Xamirni qolipga olib, yoyib chiqamiz va chetlarini esa balandroq qilib, "bortik"lar hosil qilamiz. Tvorogli aralashmani quyamiz. Xohishga qarab, pirogning chetki xamirlarini tvorogli asos ustiga buklab chiqishimiz ham mumkin.

Qadam 6
Tugllandi

180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pirogni sovutib, 1-2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Pirog ustini kakao va rezavor mevalar bilan bezatib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Korjiga:
1 stakan un
1 choy qoshiq qabartma
2 osh qoshiq kakao kukuni
120 gramm sariyog'
2 osh qoshiq smetana
2 osh qoshiq shakar
bir chimdim tuz
Asosiga:
450 gramm tvorog
150 gramm tvorogli pishloq
200 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
2 ta tuxum
2 osh qoshiq un
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Kokosli parhezbop pechenyelar
keyingi
Foydali suli bo’tqasini qanday tayyorlash mumkin

Fikringiz