Qovurilgan qatlamachalar
Masalliqlar:
-
400 gramm 1-navli un
-
1 dona tuxum
-
120 millilitr iliq suv
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
-
1 choy qoshiq tuz
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Mazali, tez tayyorlaniladigan qovurilgan qatlamalar tayyorlash ko’p masalliqlarni talab etmaydi.
Bizning retsept asosida uni tayyorlash juda ham osondir.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 5 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm 1-navli un | |
1 dona tuxum | |
120 millilitr iliq suv | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
1 choy qoshiq tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Idishga un, tuxum, tuzli suv va o'simlik yog'ini yarmini solamiz va xamir qoramiz.
Xamirni yaxshilab mushtlaymiz va ustidan yog'ni qolganini surtib chiqamiz. Ustini yopib 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
So'ng xamirni olib, yupqa 1-2 mm qalinlikda yoyib chiqamiz.
Margarinimizni eritib, yoygan xamirning ustiga surtib chiqamiz.
So'ng xamirni ruletga o'xshab o'rab chiqamiz.
Pichoq yordamida xamirlarni 5-6 sm qalinlikda kesib chiqamiz. Hozirgi xamirimizdan 14-16 dona qatlama uchun kulchachalar chiqadi.
Kesilgan xamirlar likopchaga teriladi va usti yelim qog'ozda yopiladi. Xamirdagi margarin yaxshiroq qotishi uchun 10-15 daqiqaga muzlatgichga yo'llanadi.
So'ng xamirlarni olib yoyamiz va yog' solingan tovada qovurib olamiz. Ta'bga qarab, ustidan shakar sepamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm 1-navli un | |
1 dona tuxum | |
120 millilitr iliq suv | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
1 choy qoshiq tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |