Qovurilgan gulkaram
Masalliqlar:
-
1 bog' gulkaram
-
3 ta tuxum
-
100 gramm un
-
ta'bga qarab tuz
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
birga tortish uchun xohlagan ko'katlar
Yo’nalishlar
Mana bunday oddiy, ammo juda mazali taom retseptini anchadan beri kutyapsiz. Shunday ekan bugun gulkaramni mazali qilib qovurish haqida bilib olasiz.
Gulkaram juda foydali mahsulot ekanligi sabab ham undan har kuni tayyorlab, yaqinlarimizni siylashimiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 9 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 bog' gulkaram | |
3 ta tuxum | |
100 gramm un | |
ta'bga qarab tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
birga tortish uchun xohlagan ko'katlar |
Gulkaramni bo'laklarga bo'lamiz va yuvib olamiz.
So'ng tuzli suvga solib, 5-7 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz. Suvini to'kib tashlaymiz.
Tuxumlarni chaqib bitta idishga solamiz, tuz sepib, aralashtiramiz. So'ng unni solib, silliq holatga kirgunicha yaxshilab aralashtirib olamiz.
Qozon yoki tovaga yog' quyib qizdiramiz. Gulkaramlarni aralashmaga botirib, qovurib olamiz. Pishgandan so'ng esa qog'oz sochiq ustidan terib chiqamiz.
Xohishga qarab to'g'ralgan ko'katlar va sarimsoq piyoz sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 bog' gulkaram | |
3 ta tuxum | |
100 gramm un | |
ta'bga qarab tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
birga tortish uchun xohlagan ko'katlar |
1 Sharhlar Hide Comments
👏👏👏