Qovoqchali omlet
Masalliqlar:
-
120 gramm qovoqcha
-
20 gramm pishloq
-
2 ta tuxum
-
150 gramm pomidor
-
bir nechta rayhon yaqroqchalari
-
40 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Haqiqatdan ham mazali va foydali bo’lgan nonushta retsepti!
Kuningizni to’g’ri, eng asosiysi mazali va chiroyli boshlashingizni maslahat beramiz.
Ushbu taom uchun yosh, urug’lari qattiq bo’lmagan, po’sti nozik qovoqchalarni tanlang.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
120 gramm qovoqcha | |
20 gramm pishloq | |
2 ta tuxum | |
150 gramm pomidor | |
bir nechta rayhon yaqroqchalari | |
40 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Qovoqchani qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz, ezish kerak emas.
Pishloqni qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz va qovoqcha ustiga solamiz.
Tuxum solib, tuz va murch sepamiz. Barchasini venchik yordamida yaxshilab aralashtiramiz.
Qovoqchali massani tovaga quyib, o'rtacha olovda qovuramiz. Massa o'zini ushlab olishi kerak.
So'ngra katta va keng kapkir yoki lopata yordamida aylantiramiz. Agar aylantirib bo'lmasa, unda aylantirmay, tova qopqog'ini yopgan holda pishgunicha pishiramiz.
Pomidorlarni to'rtburchak shaklida to'g'rab, maydalangan rayhon bilan aralashtiramiz.
Masalliqlar:
120 gramm qovoqcha | |
20 gramm pishloq | |
2 ta tuxum | |
150 gramm pomidor | |
bir nechta rayhon yaqroqchalari | |
40 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |