Qiyma va qo’ziqorinli sho’rva
Masalliqlar:
-
1 bosh piyoz
-
2 ta bulg'or qalampiri
-
500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
ta'bga qarab italyancha xushbo'y ziravorlar
-
400 gramm pomidor
-
1 osh qoshiq pomidor pastasi
-
1,2 litr suv
-
200 gramm shampinyon
-
yarim bog' yashil rayhon
-
50 gramm pishloq
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Qiyma va qo’ziroqin bilan tayyorlaniladigan mana bunday sho’rva salqin kunlarda juda yoqadi. Shuningdek bunday taom ta’m jihatidan oddiy sho’rvalardan keskin farq qiladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 38 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 bosh piyoz | |
2 ta bulg'or qalampiri | |
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab italyancha xushbo'y ziravorlar | |
400 gramm pomidor | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
1,2 litr suv | |
200 gramm shampinyon | |
yarim bog' yashil rayhon | |
50 gramm pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tovaga yog' solib qizdiramiz va mayda to'g'ralgan piyozni solib, qovurib olamiz. Ustidan mayda to'g'ralgan bulg'or qalampirini solamiz va o'rtacha olovda 3-4 daqiqa davomida qovuramiz.
Qiymani solamiz va tillarangga kirgunicha qovuramiz. So'ng pomidor va sarimsoqpiyozni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Tomat pastasini ham solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Suv quyib, qaynash darajasiga keltiramiz.
Tuz, murch va xohishga qarab ziravorlardan sepamiz. Olovni pasaytirib, 30-35 daqiqa davomida pishiramiz.
Pishishiga 10 daqiqa qolganda to'g'ralgan rayhon va shampinyonlarni solamiz.
Masalliqlar:
1 bosh piyoz | |
2 ta bulg'or qalampiri | |
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab italyancha xushbo'y ziravorlar | |
400 gramm pomidor | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
1,2 litr suv | |
200 gramm shampinyon | |
yarim bog' yashil rayhon | |
50 gramm pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch |