Videoretsept: qiyma bilan to’ldirilgan qovoqchalar
Masalliqlar:
-
2-3 ta qovoqcha
-
300 gramm qiyma
-
100 gramm piyoz
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
100 gramm istalgan pishloq
-
300 gramm pomidor
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
5-6 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
bezak uchun istalgan ko'katlar
Yo’nalishlar
Qiyma bilan to’ldirilgan qovoqchalar – o’zining tez tayyorlanishi va oddiyligi bilan ajralib turuvchi mazali taomdir. Sevimli ziravorlarga ega mol go’shtidan sersuv qiyma va pishloq – bu juda mazali.
Tavsiya: ushbu taom uchun yosh, katta bo’lmagan hajmga ega, po’sti yupqa qovoqchalar mos keladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
2-3 ta qovoqcha | |
300 gramm qiyma | |
100 gramm piyoz | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
100 gramm istalgan pishloq | |
300 gramm pomidor | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
5-6 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
bezak uchun istalgan ko'katlar |
Qovoqchalarni yuvib, ikkiga bo'lamiz. Har bir bo'lakning yumshoq joyini osh yoki choy qoshiq yordamida o'yib qayiqchalar hosil qilamiz.
Qayiqchalarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, bir chimdim tuz sepamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.
Asosini tayyorlaymiz. Tovaga 3 osh qoshiq o'simlik yog'ini quyamiz.
Tovaga mayda to'rtburchak shaklida to'g'ralgan piyozni va maydalangan sarimsoqpiyozni solamiz. Aralashtirib turgan holda yumshagunicha tahminan 3 daqiqa qovuramiz.
Qovoqchalarda chiqqan yumshoq joyini ham to'rtburchak shaklida to'g'rab, qovurilayotgan piyozga solamiz. Yana 5 daqiqa qovuramiz. Tuz va murch sepamiz.
Tayyor bo'lgan sabzavotlarni idishga olamiz. O'sha tovaga 2 osh qoshiq o'simlik yog'ini quyib, mol go'shtidan qiymani lopata yordamida hosil bo'lgan qumoqlarni maydalab, qovuramiz. Tuz va murch sepamiz. Tayyor bo'lgan qiymani sabzavotlar bilan aralashtiramiz.
Pishloqni yarimini (50 gramm) qirg'ichdan o'tkazamiz va uni ham asosga qo'shamiz. Tayyor asosni aralashtiramiz.
Qayiqchalarni gaz pechidan olib, har birini qiyma bilan to'ldiramiz.
Ustiga pomidor bo'lakchalari va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni (50 gr) qo'yamiz.
Masalliqlar:
2-3 ta qovoqcha | |
300 gramm qiyma | |
100 gramm piyoz | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
100 gramm istalgan pishloq | |
300 gramm pomidor | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
5-6 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
bezak uchun istalgan ko'katlar |