fbpx
Qaynatma shokoladli kremli krostata

Qaynatma shokoladli kremli krostata

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Kremiga:

  • Xamiriga:

Yo’nalishlar

O’zingizni Italiyadagidek his qilishni xohlaysizmi? Unday bo’lsa shokoladli krem solib pishiriladigan mana bunday mashhur tortdan pishirib ko’ring.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Kremiga:
2 ta tuxum
100 gramm shakar
500 millilitr sut
100 gramm un
100 gramm qora shokolad
Xamiriga:
130 gramm muzdek sariyog'
300 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
1/2 choy qoshiq vanil shakari
80 gramm shakar upasi
1 ta tuxum
1 ta tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Kremiga:

Sutni qozonchaga quyamiz, gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga tuxum va shakarni solamiz, venchikda ko'pirtirib olamiz. Ustidan unni elab solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aralashma ustidan ozroq qaynoq sut quyamiz va tezda aralashtirib olamiz. So'ng shu aralashmani qozonchaga, sutning ustidan solib, quyuqlashguniga qadar kovlab pishiramiz.

Gazdan olamiz, shokolad bo'lakchalarini solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Krem ustini zich qilib oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz va to'liq soviguniga qadar sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamiriga:

Un, qabartma va shakar upasini aralashtirib olamiz. Ustidan sariyog'ni to'g'rab solamiz va qo'lda tezda ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuxum va tuxum sarig'ini solib, xamir qoramiz. Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Gaz pechini 180 C darajaga qizdiramiz.

Qolipga sariyog' surtib, ozroq undan sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tingan xamirni ikkita teng bo'lmagan bo'lakka bo'lamiz. Xamirlar 2/3 va 1/3 kattalikda bo'lsin.

Qadam 9
Tugallandi

Kattaroq xamirni yoyib, qolipga to'shaymiz. Chetlarini esa qo'lda yoyib, devorchalar hosil qilamiz. Kremni solib, ustini tekislab olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Kichkina xamirni esa yoyib, undan uzun lentalar kesib olamiz va pirog ustidan panjarasimon ko'rinishda joylashtirib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. To'liq sovutib, so'ng dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.m

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Kremiga:
2 ta tuxum
100 gramm shakar
500 millilitr sut
100 gramm un
100 gramm qora shokolad
Xamiriga:
130 gramm muzdek sariyog'
300 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
1/2 choy qoshiq vanil shakari
80 gramm shakar upasi
1 ta tuxum
1 ta tuxum sarig'i
oldingi
Videoretsept: Tezpishar asalli tort
keyingi
Ismaloq solib pishirilgan tovuqli kotletlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.