Qaymoqli suzmadan tayyorlangan tiramisu
Masalliqlar:
-
400 gramm qaymoqli suzma
-
300 gramm yog'li qaymoq
-
60 gramm shakar
-
1 o'ram svoyardi pechenyelari
-
3 osh qoshiq qahva
-
300 millilitr suv
-
Yo’nalishlar
Asl italyancha tiramisu «maskarpone» pishlog’i solib tayyorlaniladi. Ammo har doim ham ehtiyoj va imkoniyatdan kelib chiqib, ulardagi mahsulotlarni o’zgartirishimiz mumkin.Bizlar kremi uchun qaymoqli suzmadan foydalandik, ta’mi jida mayin va yoqimli chiqdi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm qaymoqli suzma | |
300 gramm yog'li qaymoq | |
60 gramm shakar | |
1 o'ram svoyardi pechenyelari | |
3 osh qoshiq qahva | |
300 millilitr suv | |
Kattaroq idishga suzma, qaymoq va shakarni solamiz. Mikser yordamida yumshoq ko'pik hosil bo'lgunicha ko'pirtirib olamiz. Krem qoshiqdan oqib ketadigan suyuq bo'lmasligi kerak.
Alohida idishga esa qahva va suvni solib eritamiz.
Svayardi pechenyelarini qahvaga botirib olib, biron bir idishga bir qator terib chiqamiz.
Ustidan kremning teng yarmini surtamiz. Qolgan pechenyelarni ham qahvaga botirib olib, krem ustidan teramiz.
Qolgan kremni pishiriq qopchasiga solib, pechenyelar ustidan shakl berib chiqaramiz. Ustidan kakaodan sepib bezatamiz.
Tortishdan avval 6-8 soat sovutgichda saqlash tavsiya qilinadi. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm qaymoqli suzma | |
300 gramm yog'li qaymoq | |
60 gramm shakar | |
1 o'ram svoyardi pechenyelari | |
3 osh qoshiq qahva | |
300 millilitr suv | |