fbpx
Qaymoq-pishloqli qaylada pishirilgan go’shtli taom

Qaymoq-pishloqli qaylada pishirilgan go’shtli taom

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Hildirab pishgan mana bunday ko’rinishdagi taom har qanday ob-havoda ham kayfiyatingizni ko’tarishi aniq!

Bunda go’shtni kesish shart ham emas, o’zi yoyilib ketadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 60 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

800 gramm mol go'shti
6 ta qora murch donachalari
100 gramm piyoz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 osh qoshiq un
200 gramm smetana
200 millilitr bulyon
100-120 gramm qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni qozonga solamiz, murch donachalarini ham solib, suv quyamiz. Tuz sepmaymiz. pishgunicha, taxminan, 1.5 soat davomida qaynatamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pishgan go'shtni o'z bulyonida sovutamiz. Bulyondan 200 millilitrini qayla uchun olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sovigan go'shtni 1-1.5 sm qalinlikda bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaylani tayyorlab olamiz

Piyozni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz va tovada qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Unni solib aralashtiramiz va ustidan 200 millilitr bulyonni quyamiz. 10 daqiqa past olovda qaynatamiz.

Pishloqni qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz. 3 osh qoshig'ini chetga olib qo'yamiz va qolganini smetana bilan birga qaylaga solamiz. 4-5 daqiqa aralashtirib, kovlab turamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuz va murch sepib, gazdan olamiz. Xohishga qarab, qaylaga timyan shoxchalaridan solishingiz mumkin.

Gaz pechini 190 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Go'sht bo'laklarini qolipga terib chiqamiz. Ustidan qaylani quyamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qolgan pishloqni ham sepamiz va pechga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgandan so'ng, 15 daqiqa davomida qolipda sovutamiz. Taom tayyor!

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

800 gramm mol go'shti
6 ta qora murch donachalari
100 gramm piyoz
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 osh qoshiq un
200 gramm smetana
200 millilitr bulyon
100-120 gramm qattiq pishloq
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Uyda tayyorlanilgan baget noni
keyingi
Limon-apelsinli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.