Qaylada pishirilgan tovuq va baqlajonli taom
Masalliqlar:
-
600 gramm tovuq filesi
-
1 dona baqlajon
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 bosh piyoz
-
300 gramm pomidor cherry
-
ta'bga qarab shivit yoki kashnich
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Tovuq filesi va baqlajon birga pishirilganda, ajoyib ta’mli taom tayyorlanilar ekan. Bunga siz ham ishonch hosil qilishingiz mumkin.
To’g’ralgan ko’katlar bilan tortilgan bunday taom taomnomagizni boyitishda yaqindan yordam beradi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
600 gramm tovuq filesi | |
1 dona baqlajon | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 bosh piyoz | |
300 gramm pomidor cherry | |
ta'bga qarab shivit yoki kashnich | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tovuq filesini katta-katta to'rtburchak shaklda to'g'rab, ozroq yog' solingan tovaga solamiz. Baland olovda qizartirib, qovuramiz. So'ng alohida idishga olib qo'yamiz.
Ozroq yog'ga piyozni to'g'rab solamiz va qovuramiz. Ustidan baqlajonlarni ham to'g'rab solamiz va birga qovuramiz.
Sarimsoq piyozni mayda to'g'rab, pomidorlarni esa teng ikkiga bo'lib solamiz.
Suv quyib, qaynash darajasiga keltiramiz. Tuz va murch sepamiz.
Qovurilgan tovuq go'shtini ham solib, past olovda 15 daqiqa dimlab pishiramiz.
Tayyor taomni to'g'ralgan ko'katlar bilan bezatib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
600 gramm tovuq filesi | |
1 dona baqlajon | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 bosh piyoz | |
300 gramm pomidor cherry | |
ta'bga qarab shivit yoki kashnich | |
ta'bga qarab tuz va murch |