fbpx
Profitroli

Profitroli

Masalliqlar:

  • Xamiriga

  • Kremiga

Yo’nalishlar

Profitroli – qaynatma xamirdan tayyorlaniladigan, ichi yumshoq kremli, aylana shakldagi ko’pchilik yoqtiradigan shirinlikdir.

Bu pishiriqni uy sharoitida pishirish umuman qiyinchilik tug’dirmaydi. Biz sizlarga hammabop bo’lgan qaynatib pishiriladigan xamir tayyorlash usulini taklif qilamiz – bu xamirdan profitroli, ekler va «Pari-brest» pishirig’i uchun aylanachalar ham tayyorlasa bo’ladi. Kremini esa o’z xohishingizga qarab tanlashingiz mumkin. Biz bugungi kremimizni qaymoq-tvorogli pishloqdan tayyorlashga qaror qildik, chunki bu kremga har xil shakl bersa bo’ladi. Bunday pishloqlarning turi o’zimizning do’konlarda ham bisyor bo’lib, Filadelfiyada ishlab chiqarilganidan tortib, to o’zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotgacha topiladi. Ta’b va sharoitingizga qarab xohlaganingizdan tanlab olaverasiz!

Masalliqlar:

Xamiriga
125 millilitr suv
125 millilitr sut
100 gramm sariyog'
150 gramm un
5 gramm tuz
5 gramm shakar
4-5 ta tuxum
Kremiga
100 gramm sariyog'
70 gramm shakar upasi
300 gramm qaymoqli pishloq
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
Qadam 1
Tugallandi

Sirli idish yoki tovaga sut, suv, sariyog', tuz va shakar solib aralashtiriladi va qaynash darajasiga yetkaziladi.
Gaz plitasi ustidan olinadi va un solib silliq bo'lgunicha qoshiqda aralashtiriladi.

Qadam 2
Tugallandi

Yana gaz plitasi ustiga qo'yiladi va 2-3 daqiqa davomida qizdiriladi.
So'ng gazdan olinadi va biroz sovutiladi.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishda tuxum ko'pirtiriladi va 2-3 qoshiqdan sutli aralashmaga solinadi.
Yaxshilab aralashtiriladi.
Tuxumni kamroq yoki ko'proq solish mumkin, bu xamirimiz holatiga bog'liq - qoshiqga solinganda osonlikcha oqib ketmasligi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir pishiriq qopchasiga solinadi va 30 daqiqaga chetga olib qo'yiladi.
So'ng maxsus yog'langan qog'oz to'shalgan gaz pechi patnisiga xamirlar siqib chiqariladi (o'rtasida yetarlicha joy qoldiring).

Qadam 5
Tugallandi

190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa davomida, so'ng olov 165 C darajaga pasaytirilib tayyor bo'lgunicha pishirib olinadi.
Pishgan profitrollar sovutiladi va usti qalpoqchaga o'xshatib kesib olinadi.

Qadam 6
Tugallandi

Krem

Yumshatilgan sariyog' ko'pirtiriladi va shakar upasi solib ko'pirtirishda davom etiladi.
So'ng vanil ekstrakti va qaymoq-tvorogli pishloq solib silliq holatga kirguncha aralashtiriladi.

Qadam 7
Tugallandi

Pishiriq qopchasi yordamida krem profitrolli ichiga quyib chiqiladi va qopqoqchasi ohista yopib qo'yiladi.
Ustidan shakar upasi sepib bezatiladi. Yoqimli ishtaha!
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga
125 millilitr suv
125 millilitr sut
100 gramm sariyog'
150 gramm un
5 gramm tuz
5 gramm shakar
4-5 ta tuxum
Kremiga
100 gramm sariyog'
70 gramm shakar upasi
300 gramm qaymoqli pishloq
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
oldingi
Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: sho’rva
keyingi
Gulkaramli quyuq sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.