fbpx
Pomidorli qaylada pishirilgan pishloqli teftellar

Pomidorli qaylada pishirilgan pishloqli teftellar

Masalliqlar:

  • qayla uchun

Yo’nalishlar

Agar quyuq taom bilan barchani hayratga solmoqchi bo’lsangiz, unda sizga»Pomidorli qaylada pishirilgan pishloqli teftellar» yordam berishi aniq.

Bu taom bilan siz taomnomangizni yanada boyitasiz. Tayyor taomning taxminiy narxi 70 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm qiyma
100 gramm piyoz
3-4 tishcha sarimsoq piyoz
200 gramm shampinyon
100 gramm yong'oq
yarim bog' petrushka yoki kinza
1 ta tuxum
ta'bga ko'ra tuz va murch
100 gramm motsarella pishlog'i yoki boshqa turdagi pishloq
qayla uchun
100 gramm piyoz
3 ta tishcha sarimsoq piyoz
300 gramm pomidor
400 millilitr pomidor sharbati
1 choy qoshiq quritilgan rayxon
ta'bga ko'ra tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Piyoz, sarimsoq piyoz va shampinyonni mayda qilib to'g'raymiz. Yong'oqni maydalagichda kukun shakliga kelguncha maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Motsarella pishlog'ini 10-12 ta to'rtburchaklarga bo'lib, qiymani ham shuncha bo'laklarga ajratib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Har bir qiyma bo'lagini qo'lda yoyib, o'rtasiga pishloqni qo'yamiz va dumaloq shakliga keltiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Chuqur tovaga o'simlik yog'ini quyib, qizdiramiz va teftellarimizni tova qopqog'ini yopgan holda 2 tomonlama (har bir tarafini 2 daqiqadan) qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qayla tayyorlaymiz

Qayla uchun piyoz va sarimsoq piyozni 2 osh qoshiq o'simlik yog'ida shaffof tusga kirgunicha qovuramiz. Pomidorni qirg'ichdan chiqarib, piyozga qo'shib, 5 daqiqa qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ngra pomidor sharbati, rayxon va ta'bga ko'ra tuz va murch qo'shib qaynaquniga qadar olovda ushlab turamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Teftellarimizni qaylaga qo'yib, yopiq qopqoq tagida 20 daqiqa pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm qiyma
100 gramm piyoz
3-4 tishcha sarimsoq piyoz
200 gramm shampinyon
100 gramm yong'oq
yarim bog' petrushka yoki kinza
1 ta tuxum
ta'bga ko'ra tuz va murch
100 gramm motsarella pishlog'i yoki boshqa turdagi pishloq
qayla uchun
100 gramm piyoz
3 ta tishcha sarimsoq piyoz
300 gramm pomidor
400 millilitr pomidor sharbati
1 choy qoshiq quritilgan rayxon
ta'bga ko'ra tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qovoqli sinnabon
keyingi
Asalli nok bilan pishirilgan tovuq go’shti

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.