fbpx
Pishloqli turkcha bulochkalar

Pishloqli turkcha bulochkalar

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • xamiri uchun

    • asosi uchun

    • ustiga suritish uchun

    Yo’nalishlar

    Turkcha bulochkalar juda mayin va havodor bo’lib pishadi. Bunday bulochkalar nonushtaga mos keladi, qolaversa, ularni ishga yoki bolalarga yegulik sifatida maktabga berib yuborish mumkin.

    Agar siz hali turkcha pishiriq tayyorlab ko’rmagan bo’lsangiz, unda turkcha bulochkalar tayyorlab ko’rishingizni maslahat beramiz.

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    xamiri uchun
    600 gramm un
    200 millilitr iliq sut
    200 millilitr iliq suv
    125 millilitr o'simlik yog'i
    30 gramm shakar
    20 gramm quruq xamirturush
    10 gramm tuz
    asosi uchun
    50 gramm yumshatilgan sariyog'
    150-200 gramm "suluguni" pishlog'i
    ustiga suritish uchun
    1 ta tuxum sarig'i
    1 osh qoshiq sut
    Qadam 1
    Tugallandi

    Unni elab, tuz va shakar solamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Iliq sut va suvli aralashmaga xamirturush solib, eritamiz va unga solamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    O'simlik yog'i qo'shib, yumshoq xamir qoramiz. Juda yumshoq va ozroq qo'lga yopishadigan xamir hosil bo'lishi kerak. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 2-3 baravar oshishi uchun qoldiramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Stolga yog' surtib, xamirni yupqa qilib, to'g'ri to'tburchak shaklida yoyamiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Ustiga yumshatilgan sariyog' surtib, xamirni 3 yoki 4 marotaba buklaymiz. So'ngra 2-2,5 sm keladigan bo'laklarga kesib chiqamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Har bir bo'lakni qo'lda yoyib, o'rtasiga qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq qo'yib, yonlarini mahkamlaymiz. Ikki uchini har xil tarafga aylantirib, so'ngra ikki uchini birlashtiramiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Bulochkalarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustini salfetka bilan yopamiz va 20-30 daqiqaga 2-3 baravar kattalashguncha qoldiramiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Ustiga tuxum sarig'i va sutli aralashmadan surtib, 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 2 soat
    • Portsiya 10
    • O’rtacha
    • 200 C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    xamiri uchun
    600 gramm un
    200 millilitr iliq sut
    200 millilitr iliq suv
    125 millilitr o'simlik yog'i
    30 gramm shakar
    20 gramm quruq xamirturush
    10 gramm tuz
    asosi uchun
    50 gramm yumshatilgan sariyog'
    150-200 gramm "suluguni" pishlog'i
    ustiga suritish uchun
    1 ta tuxum sarig'i
    1 osh qoshiq sut
    oldingi
    Videoretsept:quyultirilgan sutdan tayyorlangan keks
    keyingi
    Tayoqchalarga tiqib pishirilgan bedana tuxumili somsa

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.