Pishloq va koʻkat solib pishirilgan bulochkalar
Masalliqlar:
-
130 millilitr iliq sut
-
350 gramm un
-
100 gramm eritilgan sariyog'
-
1 choy qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq tuz
-
5 gramm quruq xamirturush
-
1 dona tuxum sarig'i
-
1 osh qoshiq sut
-
Asosiga:
-
2 ish qoshiq eritilgan sariyog'
-
1 bogʻ shivit
-
1 bogʻ ko'k piyoz
-
200-250 gramm qattiq pishloq
Yo’nalishlar
Bu safargi bulochkalarimizni bizlar pishloq va koʻkatlar solib pishirishga qaror qildik va natijasidan faqatgina sevindik.
Pishloq va koʻkatli bulochkalarni tayyorlashda faqatgina bitta muammoga duchor kelasiz, u ham boʻlsa ular pishgandan soʻng bir pastda tugab qolishidir.
Asosi sifatida siz pesto, Feta pishlogʻi yoki yumshoq tvorogdan foydalanishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
130 millilitr iliq sut | |
350 gramm un | |
100 gramm eritilgan sariyog' | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
5 gramm quruq xamirturush | |
1 dona tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq sut | |
Asosiga: |
|
2 ish qoshiq eritilgan sariyog' | |
1 bogʻ shivit | |
1 bogʻ ko'k piyoz | |
200-250 gramm qattiq pishloq |
Iliq sutga shakar va xamirturushni solib aralashtirib olamiz.
Unni elab olamiz va ustidan tuz, sutli aralashma va eritilgan sariyog'ni solib, xamir qorib olamiz.
Xamir qo'lga yopishmasligi kerak.
Xamirni ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 20-30 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.
Sarimsoqpiyoz, shivit va ko'k piyozni mayda toʻgʻrab olamiz.
Xamirni 5 mm qalinlikda yoyib olamiz va ustidan eritilgan sariyogʻ surtib, koʻkatlar va sarimsoqpiyozni sepamiz.
Xamirni xuddi ruletga oʻxshab oʻrab chiqamiz. Pishish jarayonida ochilib ketmasligi uchun ham chetlarini yaxshilab yopishtiring.
Ruletsimon shakldagi xamirdan 2 sm qalinlikdagi boʻlakchalar kesib chiqamiz va patnisiga teramiz.
Bulochkalarning ustidan eritilgan sariyogʻ va sarimsoqpiyozni aralashtirib quyib chiqamiz.
Oldindan 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
130 millilitr iliq sut | |
350 gramm un | |
100 gramm eritilgan sariyog' | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
5 gramm quruq xamirturush | |
1 dona tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq sut | |
Asosiga: |
|
2 ish qoshiq eritilgan sariyog' | |
1 bogʻ shivit | |
1 bogʻ ko'k piyoz | |
200-250 gramm qattiq pishloq |