fbpx
Parhezbop vatrushka

Parhezbop vatrushka

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Juda tez tayyorlaniladigan tvorogli pishirig’imiz parhez tutuvchi insonlar uchun maxsus: umuman shakar va un solinmagan bo’lib, shakar o’rniga shakarnini o’rnini bosuvchi mahsulotdan foydalanildi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 29 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi. 

Masalliqlar:

65 gramm makkajo'xorining uni
65 gramm guruch uni
300 gramm tvorog
2 ta tuxum
40 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
150-200 gramm steviya yoki boshqa shakarni o'rnini bosuvchi mahsulot
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum oqini sarig'idan ajratib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib, kattaroq tog'orachaga solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan un, steviyaning yarmi v tuz solib, qo'lda yaxshilab ishqalaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxum sarig'ini solib, xamir qoramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Alohida idishga esa tvorog, qolgan steviya va tuxum oqlarini solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolipga sariyog' surtamiz, xamirli aralashmani 3/4 qismini sepamiz, ustidan asosni tekis qilib solamiz. Qolgan xamirni ustidan sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishirig'izmini 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

65 gramm makkajo'xorining uni
65 gramm guruch uni
300 gramm tvorog
2 ta tuxum
40 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
150-200 gramm steviya yoki boshqa shakarni o'rnini bosuvchi mahsulot
oldingi
Qovurdoq
keyingi
Qizil lavlagi va yong’oqdan tayyorlangan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.