fbpx
Oshirma xamirdan tayyorlangan olmali rogaliklar

Oshirma xamirdan tayyorlangan olmali rogaliklar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Usti qarsildiq, ichi esa olmalar bilan to’ldirilgan xushta’m rogaliklar retsepti bilan tanishing. Bunday rogaliklar katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.

Bunday rogaliklar hali issiqligidayoq tugab qolishi hech gap emas.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 7 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
2 choy qoshiq quruq xamirturush
200 milliitr sut
2 osh qoshiq shakar
30 millilitr o'simlik yog'i
350 gramm un
1 o'ramcha vanilin
bir chimdim tuz
Asosiga:
250-300 gramm olma nordon-shirin ta'li
2 osh qoshiq shakar
ta'bga qarab dolchin
ustiga surtish uchun tuxum
ustiga sepish uchun shakar
Qadam 1
Tugallandi

Sutni ilitib, yarmini alohia stakanga quyamiz. Ustidan 1 osh qoshiq shakar, xamirturushni solib, aralashtirib olamiz. Ustini sochiq bilan 10-15 daqiqaga yopib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qolgan sutga tuz, shakar va o'simlik yog'ini solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tog'orachaga unni elab solamiz, ustidan xamirturushli va yog'li sutlarni solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir biroz qo'lga yopishadigan bo'ladi. So'ng xamirni ustini sochiq bilan yopamiz va 50-60 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz

Olmalarni po'stini archib, mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Ustidan shakar va dolchinni sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oshgan xamirni to'rtga bo'lamiz va har birini 5 mm qalinlikda, aylana shaklda yoyib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Har bir xamirdan 8 ta uchburchakli segmentlar kesib chiqamiz va qalin uchiga 1 osh qoshiqdan asos solib, o'rab chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Rogaliklarni gaz pechi patnisiga terib chiqamiz va ustini sochiq bilan yopib 20-30 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ng tuxum sarig'ini ustidan surtamiz va shakardan sepib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
2 choy qoshiq quruq xamirturush
200 milliitr sut
2 osh qoshiq shakar
30 millilitr o'simlik yog'i
350 gramm un
1 o'ramcha vanilin
bir chimdim tuz
Asosiga:
250-300 gramm olma nordon-shirin ta'li
2 osh qoshiq shakar
ta'bga qarab dolchin
ustiga surtish uchun tuxum
ustiga sepish uchun shakar
oldingi
Pishloqli vaflilar
keyingi
Qovoqli rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.