«Oreo» kapkeyklari
Masalliqlar:
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
2 ta tuxum
-
120 gramm shakar
-
180 millilitr sut
-
300 gramm un
-
4 osh qoshiq kakao
-
1 choy qoshiq qabartma
-
250 gramm tvorogli pishloq
-
150 millilitr qaymoq
-
2 osh qoshiq shakar upasi
-
0.5 choy qoshiq vanilin
-
10-12 dona "oreo" pechenyesi
Yo’nalishlar
«Оreo» pechenyelarini xuddi bizlarga o’xshab yaxshi ko’rasizmi? Shokoladli keks va sariyog’li krem oddiy retseptdek go’yo, ammo juda ham mazali.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
100 millilitr o'simlik yog'i | |
2 ta tuxum | |
120 gramm shakar | |
180 millilitr sut | |
300 gramm un | |
4 osh qoshiq kakao | |
1 choy qoshiq qabartma | |
250 gramm tvorogli pishloq | |
150 millilitr qaymoq | |
2 osh qoshiq shakar upasi | |
0.5 choy qoshiq vanilin | |
10-12 dona "oreo" pechenyesi |
O'simlik yog'i, shakar va tuxumni bitta idishga solamiz. Venchikda ko'pirtirib olaimiz.
Sutni quyib, aralashtirib olamiz.
So'ng un va kakaoni elab solamiz va aralashtiramiz.
Qolipchalarni yog'lab (qog'ozli qolipchalarni yog'lash shart emas), xamirni 3/4 taqsimda quyib chiqamiz.
Oldindan 180 C darajada qizdirilgan pechda 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan kapkeyklarni pech panjarasida sovutib olamiz.
Kremni tayyorlab olamiz
Qaymoq bilan tvorogli pishloqni silliq holatga kirgunicha mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.
So'ng shakar upasi va vanilinni sepib, yana ozroq ko'pirtiramiz.
Kremni pishiriq qopchasiga solib, sovigan kapkeyklarni "yulduzcha" uchligi bilan bezatib chiqamiz.
Ustidan esa "Oreo" pechenyelarini butunligicha yoki maydalab sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
100 millilitr o'simlik yog'i | |
2 ta tuxum | |
120 gramm shakar | |
180 millilitr sut | |
300 gramm un | |
4 osh qoshiq kakao | |
1 choy qoshiq qabartma | |
250 gramm tvorogli pishloq | |
150 millilitr qaymoq | |
2 osh qoshiq shakar upasi | |
0.5 choy qoshiq vanilin | |
10-12 dona "oreo" pechenyesi |