fbpx
«Olmali bo’lakchalar» pechenyesi

«Olmali bo’lakchalar» pechenyesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ushbu retsept bo’yicha olma bo’laklari butunligicha sariyog’ va smetanaga qorilgan yupqa xamirga o’raladi. Qarsildoq xamir va olmali mayin asos ta’mlari uyg’unligi yaqinlaringizni lol qoldirishi va xursand qilishi aniq.

Bunday pechenye uchun nordon olma olib, istakka ko’ra dolchin sepish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 22 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm sariyog'
200 gramm smetana
400 gramm un
4 osh qoshiq shakar
bir chimdim tuz
8 gramm qabartma (razrixlitel)
12-14 dona olma maydasidan
ustiga surtish uchun tuxum oqi
ustiga sepish uchun shakar
Qadam 1
Tugallandi

Unni qabartma, tuz va shakar bilan aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Eritilgan sariyog' va smetana solib, mayin xamir qoramiz. Paketga solib, 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Olmalarni po'stidan ajratib, o'rtasidan bo'lamiz va qattiq joylaridan ajratib, tozalaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni 24-28 bo'lakka bo'lib, bo'laklarni dumaloqlaymiz va 10 daqiqaga tindiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bir bo'lakni 3-4 mm qalinlikdagi dumaloq shaklida yoyib, xamir o'rtasiga kesilgan joyini tepaga qaratib, olma bo'laklarini qo'yib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir chetlarini yig'ib, tugib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pechenyening ishgan tarafini tuxum oqiga bo'ktirib, shakarga botirib olamiz va yog'langan gaz pechi patnisiga terib chiqamiz. Pechenye ustini sanchqi yordamida bir nechta joyidan teshib chiqamiz. Istakka ko'ra ustiga dolchin sepish ham mumkin.

Qadam 8
Tugallandi

170 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor pechenyelarga shakar upasini sepamiz. Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm sariyog'
200 gramm smetana
400 gramm un
4 osh qoshiq shakar
bir chimdim tuz
8 gramm qabartma (razrixlitel)
12-14 dona olma maydasidan
ustiga surtish uchun tuxum oqi
ustiga sepish uchun shakar
oldingi
Olmali vertuta
keyingi
Ruscha shanejkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.