Olchali pirog
Masalliqlar:
-
200 gramm qatlama xamir
-
300 gramm danagidan tozalangan olcha
-
400 millilitr sut
-
4 ta tuxum sarig'i
-
bir chimdim vanilin
-
50 gramm shakar
-
40 gramm shakar upasi
-
40 gramm un
Yo’nalishlar
Ming shukurlar bo’lsinki, bu yil olchalarning hosili mo’l-ko’l bo’di! Ulardan kampotlar yopdik, murabbolar pishirdik, ammo ular hali ham sovutgichimizda mavjud.
Shu sabab ham bugun olcha va qaynatib pishirilgan kremdan tayorlaniladigan ajoyib pirog pishirdik.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 13 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina mal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm qatlama xamir | |
300 gramm danagidan tozalangan olcha | |
400 millilitr sut | |
4 ta tuxum sarig'i | |
bir chimdim vanilin | |
50 gramm shakar | |
40 gramm shakar upasi | |
40 gramm un |
Danagidan tozalangan olchalarni ortiqcha suvi chiqib ketishi uchun 15 daqiqa g'alvirga solib qo'yamiz.
Qatlama xamirni yupqa yoyib, aylanasi 18-20 sm li qolipga solamiz.
Xamir solingan qolipni 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.
Qaynatib pishirilgan krem
Qozonchaga sut, shakar va vanilinni solib aralashtiramiz.
Deyarli qaynash darajasiga keltiramiz.
Bu vaqt mobaynida tuxum sarig'i va shakar upasini yaxhshilab ko'pirtiramiz, so'ng tuxum unni solib, silliq bo'lgunicha yana ko'pirtirib olamiz.
Sut yaxshigina qizigandan so'ng, gazdan olib tuxumli aralashma ustidan yupqa qilib quyamiz.
Aralashtiramiz va yana qozonchaga solib, quyuqlashgunicha kovlab pishiramiz.
Muhim! Muntazam aralashtirib turing, quyuqlashishni boshlaganda darrov gaz ustidan olib qo'ying.
Qolipga kremni quyamiz va ustidan olchalarni solamiz.
Pirogni 160 C darajada qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Sovutgandan so'ng iste'mol qilamiz.
Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm qatlama xamir | |
300 gramm danagidan tozalangan olcha | |
400 millilitr sut | |
4 ta tuxum sarig'i | |
bir chimdim vanilin | |
50 gramm shakar | |
40 gramm shakar upasi | |
40 gramm un |