Videoretsept: nonushtabop galetalar
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
175 gramm un
-
4-5 osh qoshiq muzdek suv
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
-
ta'bga qarab tuz
-
75 gramm sariyog'
-
Asosiga:
-
150 gramm shampinyon
-
75 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
-
1 bosh piyoz
-
50 millilitr qaymoq
-
2-3 dona tuxum
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga nonushtaga tayyorlasa bo’ladigan juda mazali galetalar retseptini taqdim etamiz!
Tavsiya:agar xamir va asosni bir kecha oldin tayyorlab qo’ysak, ishimiz anchagina yengillashadi!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
175 gramm un | |
4-5 osh qoshiq muzdek suv | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ta'bga qarab tuz | |
75 gramm sariyog' | |
Asosiga: |
|
150 gramm shampinyon | |
75 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht | |
1 bosh piyoz | |
50 millilitr qaymoq | |
2-3 dona tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Un, tuz va muzdek sariyog'ni qo'lda yaxshilab ishqalab, kukunsimon shaklga keltiramiz.
Muzdek suv quyamiz (4-5 osh q.) va tezda xamir qorib olamiz. 20-30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Asosiga. Piyozni yarim halqa, vetchinani somoncha, qo'ziqorinni yuvib o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.
Avval pyozni biroz qizartirib qovurib olamiz.
So'ng vetchina va qo'ziqorinni solamiz. 5-7 daqiqa davomida qovurib olamiz.
Oxirida qaymoqdan quyib, tuz va murch sepamiz. Gazdan olib, sovutib olamiz.
Xamirni sovutgichdan olib, 2-3 bo'lakka bo'lamiz.
Stol ustiga un sepib, xamirlarni 0.5 sm qalinlikda yoyib olamiz.
Galetalar o'rtasiga asosdan solib chiqamiz.
Galetalarning chetlarini buklaymiz, ustiga tuxum sarig'idan surtib, pergament qog'oz ustiga terib chiqamiz.
Oldindan 180°С darajada qizdirilgan gaz pechida 5-7 daqiqa davomida pishirib olamiz.
So'ng galetalarni pechdan olib, har birining ustidan bittadan tuxum chaqib solamiz. Tuz va murch sepib, pechda yana 10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz!
Pishgan galetalarni darhol dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
175 gramm un | |
4-5 osh qoshiq muzdek suv | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ta'bga qarab tuz | |
75 gramm sariyog' | |
Asosiga: |
|
150 gramm shampinyon | |
75 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht | |
1 bosh piyoz | |
50 millilitr qaymoq | |
2-3 dona tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch |
2 Sharhlar Hide Comments
Menga juda yoqdi retseptini bersangiz.
Assalomu aleykum! Nimani retsepti?)