fbpx
No’xatsho’rak

No’xatsho’rak

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

No’xatsho’rak ko’pchilikning sevimli taomlaridan biri bo’lib, uni asosan Samarqad viloyatida keng tayyorlashadi.

No’xatsho’rakdagi no’xatlar bir kechaga ivitib qo’yiladi va kun bo’yi qaynatib pishiriladi. Qarabsizki, undagi qo’y go’shti va no’xat tobida yetilib pishadi va og’zingizda erib ketadi.

 

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 50 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm no'xat
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
1,5 litr xona haroratidagi suv suv
1 kilo qo'y qovurg'alari
1 bosh piyoz
1 osh qoshiq tuz
ta'bga qarab zira
2,5 litr suv
Qadam 1
Tugallandi

No'zatni yuvib, tog'orachaga solamiz, ustidan iste'mol sodasi va xona haroratidagi suvni solamiz.

Iste'mol sodasi no'xatni yumshashiga yordam beradi.

So'ng ivitilgan no'zatni 8 soat yoki bir kechaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Go'shtni o'rtacha kattaliklarga bo'lamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ivitilgan no'xatni suvini to'kib, o'zini chayib tashlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qozonga no'xatni, ustidan go'sht bo'laklarini solib, 2,5 litr suvni quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qaynash darajasiga keltiramiz va ustidagi ko'piklarini olib tashlaymiz,

So'ng bitta piyozni po'stini archib, butunligicha solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qopqog'ini yopib, 6-8 soat past olovda pishiramiz,

5 soatdan so'ng, zira, tuz va ta'bga qarab murchni solamiz,

Qadam 7
Tugallandi

Taomni no'xat va go'sht hildirab pishgunicha qaynatamiz. So'ng suzib, ustiga to'g'ralgan piyozdan solamiz, Yoqimli ishtaha!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm no'xat
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
1,5 litr xona haroratidagi suv suv
1 kilo qo'y qovurg'alari
1 bosh piyoz
1 osh qoshiq tuz
ta'bga qarab zira
2,5 litr suv
oldingi
Italyancha salat
keyingi
Videoretsept: Karam va go’shtli rulet

3 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.