Moshxo’rdali krem-sho’rva
Masalliqlar:
-
200 gramm mol go'shti
-
300 gramm piyoz
-
200 gramm kartoshka
-
100 gramm qizil sabzi
-
2 dona sarimsoq piyoz
-
300 gramm mosh
-
200 gramm guruch
-
2 dona qurt
-
1 bog' rayxon
-
150 gramm o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
3 litr suv
Yo’nalishlar
Moshxo’rda juda ham sevimli taomligi hech kimga sir emas. Lekin bu taomni o’zgacha va noodatiy tarzda uzatsangiz, barchaga, shu jumladan, yoshi katta va kichiklarga yoqishi aniq.Taomni qulay tomoni shundaki, kichkintoylarga ham istemol qilish qiyinchilik tug’dirmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 19 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm mol go'shti | |
300 gramm piyoz | |
200 gramm kartoshka | |
100 gramm qizil sabzi | |
2 dona sarimsoq piyoz | |
300 gramm mosh | |
200 gramm guruch | |
2 dona qurt | |
1 bog' rayxon | |
150 gramm o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
3 litr suv |
Birinchi o'rinda barcha sabzavotlar va go'shtni mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.
Mosh va guruchni yaxshlab yuvib olamiz.
Qozonga yog' solib yaxshlab qizdirib olamiz.
Qovurishni birinchi bo'lib piyozdan boshlaymiz. Yaxshilab qizartirib so'ng go'shtni qozon ichiga solamiz va go'shtni ham yaxshilab qovuramiz. Keyin qizil sabzini solib 3-4 daqiqa qovuramiz. Sabzidan keyin kartoshka solsak ham bo'ladi, yaxshilab qovurib, ziravorlardan sepamiz. Mosh tezroq ochilishi uchun uni ham 2 daqiqa qovurib so'ng suv quyamiz. Qaynash boshlagandan so'ng olovni o'rtacha qilib pishiramiz.
Mosh pishganidan so'ng guruchni solamiz. Guruch pishganidan so'ng tayyor bo'lgan sho'rvani
blender yordamida yaxshilab maydalab olamiz. Tayyor bo'lgan krem-sho'rvani likopchaga suzlib, ustiga qurtni qirg'ichda chiqarib solamiz (bu suzma yoki qatiqni o'rninini bosadi) va to'g'ralgan rayxon bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
200 gramm mol go'shti | |
300 gramm piyoz | |
200 gramm kartoshka | |
100 gramm qizil sabzi | |
2 dona sarimsoq piyoz | |
300 gramm mosh | |
200 gramm guruch | |
2 dona qurt | |
1 bog' rayxon | |
150 gramm o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
3 litr suv |