Milly kafesidan retsept: Qo’y go’shti va kartoshkadan ajoyib taom
Masalliqlar:
-
300 gramm qo'y go'shti
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
40 gramm sariyog'
-
1 bosh piyoz
-
80 gramm konservalangan yashil no'xot
-
6 ta kartoshka
-
8 dona zaytun mevasi
-
2-3 shoxcha kashnich
-
2-3 shoxcha petrushka
-
100 millilitr qaymoq
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
4-5 ta tishcha sarimsoqpiyoz
Yo’nalishlar
Milly kafesi o’zining juda mazali taomini bugun yana siz azizlarga taqdim etadi. Qo’y go’shtidan tayyorlaniladigan taom dasturxon atrofida yig’ilgan oila a’zolaringizni xursand qilishi aniq.
Bu taomdagi go’sht va kartoshkalar, ko’katlar va sariyog’ bilan to’yintiriladi. Zaytun mevasi va sarimsoqpiyoz esa unga o’zgacha maza baxsh etadi.
Masalliqlar:
300 gramm qo'y go'shti | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
40 gramm sariyog' | |
1 bosh piyoz | |
80 gramm konservalangan yashil no'xot | |
6 ta kartoshka | |
8 dona zaytun mevasi | |
2-3 shoxcha kashnich | |
2-3 shoxcha petrushka | |
100 millilitr qaymoq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
4-5 ta tishcha sarimsoqpiyoz |
Kartoshkani yarim tayyor bo'lgunicha qaynatib olamiz.
Agar sizda yangi kartoshka bo'lsa, unda uni bo'laklarga bo'lmay qaynatib oling.
Piyozni yarim halqa qilib to'g'rang va tillarangga kirgunicha qovurib oling.
So'ng sarimsoqpiyozni soling va ikki daqiqacha qovuring.
Qo'y go'shtini ham o'rtacha kattalikda kesing va suvi chiqib ketgunicha piyoz solingan tovada birga qovurib oling.
So'ng go'shtni ustidan qaynatilgan kartoshka va yashil no'xotni soling.
Zaytun mevasini ham to'g'rab, go'shtni ustidan soling.
Tuz va murchni sepib, 3-4 daqiqa davomida qovuring.
Mayda to'g'ralgan ko'katlar va qaymoqni solamiz va go'sht yumshaguniga qadar dimlaymiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm qo'y go'shti | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
40 gramm sariyog' | |
1 bosh piyoz | |
80 gramm konservalangan yashil no'xot | |
6 ta kartoshka | |
8 dona zaytun mevasi | |
2-3 shoxcha kashnich | |
2-3 shoxcha petrushka | |
100 millilitr qaymoq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
4-5 ta tishcha sarimsoqpiyoz |