fbpx
Merengaga ega qumoq pechenye

Merengaga ega qumoq pechenye

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • merengasi uchun

Yo’nalishlar

Merengaga ega qumoq pechenye – mayin, yengil va noodatiy bo’lib chiqadi. Tez va oson tayyorlanadi.

Ushbu qarsildoq pechenye choyga desert sifatida ayni muddao bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
200 gramm un
170 gramm yumshatilgan sariyog'
50 gramm shakar
0,5 choy qoshiq vanil shakari
2 ta tuxum sarig'i
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq limon sedrasi
merengasi uchun
200 gramm shakar
2 ta tuxum oqi
1 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
50 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga un shakar, vanil shakari, bir chimdim tuz va limon sedrasini solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unli massaga yumshatilgan sariyog' va 2 ta tuxum sarig'ini solib xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yopishqoq plyonka bilan yopib, 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni muzlatgichdan olib, un sepilgan pergament qog'ozi ustida yoyamiz va 5*5 sm diametrga ega dumaloq qolip yordamida pechenyelarni kesib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pechenyelarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga terib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Merenga tayyorlaymiz:

Idishda tuxum oqini yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ko'pirtirishda davom etgan holda, oz-ozdan shakar solamiz. Shakar erib, massa yaltiroq holga kelgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ngra kraxmal solib, yana 1-2 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor merengani yulduz nasadkasiga ega konditer qopchasiga solib, pechenye ustiga dumaloq qilib, qo'yib chiqamiz. O'rtasi ochiq qolishi kerak.

Qadam 10
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor bo'lganidan so'ng, hali issiqligida o'rtasiga jem solib, likopchaga olamiz va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 24
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
200 gramm un
170 gramm yumshatilgan sariyog'
50 gramm shakar
0,5 choy qoshiq vanil shakari
2 ta tuxum sarig'i
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq limon sedrasi
merengasi uchun
200 gramm shakar
2 ta tuxum oqi
1 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
50 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem
oldingi
Videoretsept: olchaga ega shokoladli keks
keyingi
Videoretsept: qovurma lag’mon

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.