fbpx
Krem Bryule

Krem Bryule

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Krem Bryule bu ichi qaynatma krem va usti karamelli ko’rinishga ega bo’lgan fransuzcha shirinlik bo’lib, juda lazzatli ta’mga ega desak hech ham mubolag’a bo’lmaydi.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

375 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
5 ta tuxum sarig'i
50 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
har bir qolipchaga 1 choy qoshiqdan jigarrang shakar
Qadam 1
Tugllandi

Tuxum sarig'ini shakar va vanil shakari bilan aralashtirib olamiz. Ammo ko'pirtirmaymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qaymoqni qozonchaga quyib olamiz. Gazga qo'yib, qizdirib olamiz, ammo qaynab ketmasligi lozim.

Qadam 3
Tugllandi

Tuxumli aralashma ustidan qaymoqning yarmini quyib, shakar erigunga qadar yaxshilab aralashtirib olamiz.

So'ng qolgan qaymoqni ham quyib, yana bir bor aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Aralashmani to'rli suzgich(sito)dan o'tkazamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Masalliqni qolipchalarga quyamiz. Issiqqa chidamli chuqurroq idishga qolipchalarni terib, qolipga issiq suv quyamiz. Suv sathi qolipchalarning yarmigacha kelishi lozim.

Qadam 6
Tugllandi

Suv bug'iga qo'yilgan qolipchalarni 150 C darajada qizigan pechga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

So'ng shirinlikni olib, 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Sovigan shirinliklarning har biriga 1 choy qoshiq jigarrang shakardan sepamiz.

Pechning eng yuqori harorati yoki "grill" rejimini yoqib, desertlarni birozga qizdirib, ya'ni shakari erib karamelga aylanishi uchun qo'yamiz.

Faqat kuyib ketmasligi uchun qarab turamiz!)

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

375 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
5 ta tuxum sarig'i
50 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
har bir qolipchaga 1 choy qoshiqdan jigarrang shakar
oldingi
Zig’ir urug’lari solib pishirilgan pechenyelar
keyingi
Inglizcha “Fish and chips” yeguligi

Fikringiz