Apelsinli glazur surtilgan mayizli bulochkalar

Apelsinli glazur surtilgan mayizli bulochkalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Glazuriga:

Yo’nalishlar

Issiqina, yumshoq va apelsin hidiga to’yinib pishan bunday bulochkalar retseptini darhol saqlab olishingizni tavsiya qilamiz.

Kefirda qorilishiga ham qaramasdan, bulochkalarning ichi paxtadek momiq bo’lib pishadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
300 millilitr kefir
4 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq to'la quruq xamirturush
1 choy qoshiq tuz
1 dona tuxum
60 gramm eritilgan sariyog'
400-500 gramm un
Asosiga:
3 osh qoshiq o'simlik yog'i eritilgan sariyog'
1 dona tuxum
200 gramm mayiz yoki yong'oq
Glazuriga:
15 gramm apelsin po'sti
65 millilitr yangi siqilgan apelsin sharbati
50 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugllandi

Iliq kefirga shakar, xamirturush va tuzni sepamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tuxum va eritilgan sariyog'ni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Unni elab, oz-ozdan solamiz va avval venchikda, so'ng esa qo'lda xamir qorib olamiz. Qo'lingiz xamirga yopishib qolsa, ozgina unlab, so'ng qo'lingizni yuvib tashlang. Undan keyin esa oz-ozdan un solib, xamirni mushtlang.

Xamir yana yopishishni boshlasa, yana qo'lni yog'lang va 5 daqiqa yaxshilab mushtlang, ammo unni ko'p solavermang.

Xamirni ustini yog'lab, sochiq bilan yopamiz va 2 soat ko'tarilishi uchun iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamir ikki hissaga ko'tarilgandan so'ng, yana uni mushtlab, 40-60 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Xamir oshguniga qadar mayizni yuvib, 15 daqiqa ustidan issiq suv quyib, ivitib qo'yamiz. So'ng suvini to'kib tashlab, sochiq ustiga yoyib quritamiz.

Mayizni yoqtirmasangiz, unda o'rniga yong'oq yoki qurutilgan mevalardan ham solishingiz mumkin.

Qadam 6
Tugllandi

Stol ustiga un sepib, xamirni yana bir bor mushtlab olamiz. So'ng xamirni olib, 8-12 ta bo'lakka bo'lamiz va ulardan aylana shaklchalar yasab olamiz.

Quyidagi masalliqlardan bizlarda 12 dona bulochkalar chiqdi.

Qadam 7
Tugllandi

Xamir bo'lakchalarini uzunchoq shaklda yoyib olamiz. Ustidan yog' surtib, mayizni sepamiz va rulet shaklida o'rab chiqamiz. Uzun ruletni tepasidan 1 sm joy qoldirib, pastigacha kesib chiqamiz. Shunda bizlarda "л" simon shakl hosil bo'ladi. Kesilgan ichki tomonini tepaga qaratib, ikkita uchini bir-biriga o'raymiz va aylana shaklga keltiramiz.

Qadam 8
Tugllandi

Bulochkalarni pergament qog'oz ustiga terib, yana 20 daqiqa yaxshiroq ko'tarilishi uchun, ustini sochiq bilan yopib qo'yamiz.

Qadam 9
Tugllandi

So'ng ustiga tuxum surtib, 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Glazur

Bulochka pishguniga qadar shakar upasi, apelsin po'sti va sharbatini qozonchaga solib, past olovda 7-10 daqiqa qaynatib olamiz.

Qaynoq bulochkalarni ustidan glazur surtib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
300 millilitr kefir
4 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq to'la quruq xamirturush
1 choy qoshiq tuz
1 dona tuxum
60 gramm eritilgan sariyog'
400-500 gramm un
Asosiga:
3 osh qoshiq o'simlik yog'i eritilgan sariyog'
1 dona tuxum
200 gramm mayiz yoki yong'oq
Glazuriga:
15 gramm apelsin po'sti
65 millilitr yangi siqilgan apelsin sharbati
50 gramm shakar upasi
oldingi
Videoretsept: Mikroto’lqinli pechda pishirilgan bananli keks
keyingi
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq

Fikringiz