Malinali pechenyelar
Masalliqlar:
-
100 gramm suli parchalariovsyannaya xlopya
-
150 gramm malina
-
120 gramm shakar
-
100 gramm un
-
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq qabartma
-
ustiga sepish uchun shakar upasi
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
ta'bga qarab qizil rangli bo'yoq
Yo’nalishlar
Malinali pechenyelarning usti qarsildoq, ichi esa juda mayin bo’lib pishadi. Ko’rinishi esa ishtahaochar bo’lib, katta-yu kichikka birdek manzur bo’ladi.
Bu pechenyelarga suli yormasi solinishi sabab ham semirishingizga yo’l qo’ymaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 7 500 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
100 gramm suli parchalari | |
150 gramm malina | |
120 gramm shakar | |
100 gramm un | |
6 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq qabartma | |
ustiga sepish uchun shakar upasi | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
ta'bga qarab qizil rangli bo'yoq |
Qahva maydalagich yordamida suli parchalarini kukunsimon shaklga keltiramiz.
Blender idishiga malina va shakarni solamiz. Maydalab olamiz.
To'rli suzgich yoki doka ro'moldan o'tkazamiz.
Malinaga o'simlik yog'i, vanil shakari va bo'yoq (xohishga qarab) solamiz.
Ustidan un va qabartmani elab solamiz. So'ng maydalangan suli yormasini solib, xamir qorib olamiz.
Qorilgan xamirdan 12-13 ta koptokchalar yasab olamiz.
Pech patnisiga terib, 180 C darajada qizigan pechda 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
100 gramm suli parchalari | |
150 gramm malina | |
120 gramm shakar | |
100 gramm un | |
6 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq qabartma | |
ustiga sepish uchun shakar upasi | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
ta'bga qarab qizil rangli bo'yoq |
2 Sharhlar Hide Comments
Илтимос рус тилида хам куйинг телеграм каналда, нотугри таржима килади интернет. Масалан ман «сули парчалари» нималигини билмиман, таржимаси йук. Рецептлар учун эса котта рахмат, ало даражада
Assalomu aleykum! Saytimiz ikki tilda ishlaydi: ya’ni rus va o’zbek tillarida. Tepada chap tarafda tugmachani bossangiz «russkiy» yozuvi chiqadi. Uni tanlab, bemalol rus tilida o’qishingiz mumkin.